


Yurtimizda raqamli texnologiyalarni hayotning barça soxalariga keng joriy etiş, yoşlarning zamonaviy bilim va könikmalarini oşirişga qaratilgan islohotlar izçil davom etmoqda. Ana şu eʼtibor doirasida Özbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Kökaldoş” örta maxsus islom taʼlim muassasasi rahbariyati taşabbusi bilan Nufuzli Excel Master ö‘quv markazi hamkorligida talabalar uçun 1 oylik kompyuter savodxonligi kursi taşkil etilgan edi.
Kurs davomida talabalar kompyuterda işlaşning asosiy qoidalari, zamonaviy ofis dasturlari va raqamli vositalardan amaliy foydalanişni ö‘rgandi.
Maşğulotlar talabalar turar joyida (TTJ) taşkil etilib, ularning darsdan boş vaqtlarini mazmunli ötkazişiga xizmat qildi. Bu esa ilm olişni raqamli könikmalar bilan uyğunlaştirişga yö‘naltirilgan muhim qadam bö‘ldi.
Kurs yakunida talabalar bilimlari baholandi. Sertifikat topşirişga bağişlangan tadbirda muassasa mudiri M.Erkayev ham iştirok etib, kursni muvaffaqiyatli tamomlağan talabalarga sertifikatlarni şaxsan topşirdi.
Birinci guruh darslari yakunlandi, kursning yangi guruhi uçun maşğulotlari boşlandi.
Bugungi kunda diniy bilim bilan bir qatorda zamonaviy texnologiyalardan xabardor, raqamli savodxon mutaxassis tayyorlaş davr talabidir. Muassasamizda bunday taşabbuslar kelgusida ham davom ettiriladi, in şa Alloh.
Kurs taşkilotçilariga, hamkor ö‘quv markaziga va faol qatnaşgan talabalarimizga minnatdorçilik bildiramiz!
“Kökaldoş” örta maxsus islom taʼlim muassasasi
“Yoşlar bilan işlaş, maʼnaviyat va maʼrifat” bölimi






