Qabul tartibi
Qabul tartibi
Örta maxsus islom taʼlim muassasalariga kiriş: hujjatlar, qulayliklar va muhim eslatmalar.
Hujjat topşiriş
Quyidagi hujjatlarni qabul hayʼatiga topşiring.
Ruxsatnoma oliş
Test sinovi ruxsatnomasini Telegram botdan yuklab oling.
Test sinoviga keliş
Pasport yoki ID karta va ruxsatnoma bilan öz vaqtida keling.
Topşiriladigan hujjatlar
- 1Taʼlim muassasasi rektori nomiga ariza
- 2Pasport yoki ID karta nusxasiAsli körsatiladi.
- 3Maʼlumoti töğrisida attestat yoki diplom nusxasiAsli körsatiladi.
- 43,5 × 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosuratSöngi uç oyda olingan va orqa foni oq rangda bölişi talab etiladi.
- 5Çet tillari böyiça milliy yoki xalqaro sertifikat nusxasiSertifikat bölsaAsli körsatiladi. Sertifikatga ega abituriyentga xorijiy til fanidan imtihonsiz belgilangan maksimal ball taqdim etiladi.
- 6Çet tilini biliş töğrisidagi hujjat asl nusxasiKerak bölganlar uçunMaʼlumoti töğrisidagi hujjatda körsatilgan çet tilidan boşqa tilda imtihon topşiruvçilar uçun.
Oliy va örta maxsus diniy taʼlim muassasalariga hujjat topşirmoqçi bölgan abituriyentlar özlariga yaqin bölgan diniy taʼlim muassasasining qabul hayʼati orqali respublikadagi istalgan diniy taʼlim muassasasiga hujjat topşirişlari mumkin.
Test sinovlarida iştirok etiş uçun abituriyentlardan bazaviy hisoblaş miqdorining yarim baravari miqdorida tölov undiriladi. Joriy yilda maktab, akademik litsey yoki kollejni tamomlab, örta maxsus islom taʼlim muassasasiga hujjat topşirmoqçi bölgan abituriyentlar va nogironligi bölgan yoki töliq davlat taʼminotidagi şaxslar bundan mustasno.
Test sinovi ruxsatnomasini yuklab oliş uçun Telegram bot:
Taʼlim haqida qisqaça
Qabul jarayonlari haqidagi söngi yangiliklar uçun rasmiy Telegram kanal:
Maʼlumot Özbekiston musulmonlari idorasining rasmiy axborotlari asosida tayyorlandi (2026-2027 öquv yili tartibi). 2027-2028 öquv yili uçun yangi muddatlar eʼlon qilinganda sahifa yangilanadi.


