Yotoqxona
Öqiş va yaşaş — bir binoda
Öqiş, yaşaş, ovqatlanış va sport bilan şuğullanış uçun zarur bölgan barça şaroitlar bitta binoda jamlangan.
Talabalar turar joyi muassasaning yangi öquv binosida joylaşgan. Bu binoda darsxonalar, kutubxona, kompyuter xonasi, sport zali, oşxona va talabalar uçun zarur bölgan boşqa barça xonalar bir joyda jamlangan. Turar joy binoning 3-qavatida joylaşgan.
Turar joy raqamlarda
33 ta xona va 132 örin
Talabalar uçun qulay joylaşuv.
2 ta tahoratxona
Har biri 20 kişiga mölallangan.
Bir binoda jamlangan şaroitlar
Darsxonalar
Zamonaviy öquv jarayoni uçun jihozlangan xonalar.
Kutubxona (ARM)
19 mingdan ortiq bosma va 25 mingdan ortiq elektron kitob, 36 örinli öquv zali.
Kompyuter xonasi
Internet va kutubxonaning elektron bazasiga ulangan kompyuterlar.
Sport zali
Yopiq maydonda sport bilan şuğullanış uçun.
Taşqi va içki sport maydonçalari
Ochiq havoda va bino içida maşğulotlar ötkaziş uçun.
Oşxona
Talabalarning öz vaqtida ovqatlanişlari uçun.
Öqiş, yaşaş, ovqatlanış va sport bilan şuğullanış uçun zarur bölgan barça şaroitlar bitta binoda jamlangan. Şu sabab talabalar vaqtlarini yölga sarflamasdan, uni töliq tahsil, ibodat va öz ustida işlaşga bağişlaş imkoniyatiga ega. Turar joyda talabalarning tinç dam olişlari, darsga samarali tayyorlanişlari va ibodat qilişlari uçun qulay muhit yaratilgan.


