





19-noyabr kuni Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida «Bağrikenglik kubogi» sport musobaqalariga start berildi. Bellaşuvlar qizğin ruhda davom etmoqda.
Din işlari böyiça qömita taşabbusi bilan 16–20-noyabr kunlari ötkazilayotgan «Bağrikenglik haftaligi» doirasidagi bu tadbir turli konfessiya vakillarini bir maydonga jamladi. Kuboq uçun Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi, Toşkent islom instituti, Toşkent pravoslav seminariyasi, Xadiçai Kubro va Kökaldoş örta maxsus islom taʼlim muassasalari jamoalari kuraş olib bormoqda.
Kökaldoş madrasasi talabalari mini-futbol, stol tennisi, şaxmat, şaşka va zakovat, yaʼni dasturdagi barça turlarda maydonga tuşib, ğayrat va mahorat namoyiş etmoqda.
Özbekistonda diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlik davlat siyosatining muhim tamoyillaridan biridir. Sport maydonida kuç sinaşayotgan yoşlar özaro hurmat, hamjihatlik va soğlom raqobat qadriyatlarini amalda his etmoqda.
Barça iştirokçilarga omad tilab, taşkilotçilarga minnatdorçilik bildiramiz. Yakunlar haqida alohida xabar beramiz.
Kökaldoş ÖMITM Matbuot xizmati






