



19-noyabr kuni Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasida bölib ötgan «Bağrikenglik kubogi» sport musobaqalari öz nihoyasiga yetdi. Kökaldoş örta maxsus islom taʼlim muassasasi talabalari bellaşuvlarda yuqori natijalarni qayd etdi.
Stol tennisi böyiça talabamiz barça raqiblaridan ustun kelib, faxrli 1-örinni egalladi.
Zakovat jamoamiz 2-örinni, şaxmat va mini-futbol böyiça esa 3-örinni qölga kiritdi.
Şaşka yönalişida ham talabamiz munosib raqobat olib borib, 4-pöğonadan joy oldi.
Din işlari böyiça qömita taşabbusi bilan ötkazilayotgan «Bağrikenglik haftaligi» doirasidagi bu musobaqada Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi, Toşkent islom instituti, Toşkent pravoslav seminariyasi hamda Xadiçai Kubro örta maxsus islom taʼlim muassasasi jamoalari bilan kuç sinaşildi.
Qölga kiritilgan natijalar talabalarimiz ilm bilan bir qatorda jismoniy kamolot va zakovatda ham yuksak salohiyatga ega ekanidan dalolat beradi. Eng muhimi, musobaqa turli konfessiya vakillari örtasidagi döstlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlab, yurtimizda izçil amalga oşirilayotgan diniy bağrikenglik siyosatining amaliy ifodasiga aylandi.
Ğolib va sovrindorlarimizni, ularni tayyorlagan ustozlarni samimiy qutlaymiz! Tadbirni yuqori saviyada taşkil etgan taşkilotçilarga minnatdorçilik bildiramiz.
Kökaldoş ÖMITM Matbuot xizmati






