








Bugun Kökaldoş örta maxsus islom taʼlim muassasasida tafsir fanidan oçiq dars bölib ötdi. Taʼlim muassasasi öqituvçisi Oxunjon domla Ahmedov»Tağobun» surasining 1–8-oyatlari tafsiri mavzusida dars berdi.
Dars faol va mazmunli ruhda ötdi. Öqituvçi smart doska imkoniyatlaridan foydalanib, oyatlar matni va tafsirini körgazmali tarzda tuşuntirdi. Zamonaviy interfaol metodlar talabalarni muhokamaga jalb etişga va mavzuni puxta özlaştirişga xizmat qildi. Talabalar ham savol-javoblarda faol iştirok etib, mavzu yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.
Dars jarayonini öquv işlari böyiça direktor örinbosari N.Djalolov, Ta’lim sifatini nazorat qiliş boş mutaxasisi S.Saidakramov, öqituvçilar ulamolar kengaşi a’zosi J.Xolmöminov, T.Karimov hamda Ta’lim muassasasining boşqa mutaxassis ustozlari bevosita kuzatib bordi.
Bugungi kunda Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan diniy-maʼrifiy sohada keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Diniy taʼlim sifatini zamon talablari darajasiga kötariş, zamonaviy axborot texnologiyalarini öquv jarayoniga joriy etiş şu islohotlarning muhim yönalişlaridan biridir. «Jaholatga qarşi maʼrifat» ğoyasi asosida yoşlarni dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini teran anglaydigan, ğoyaviy sağlom va vatanparvar etib tarbiyalaş Taʼlim muassasasi faoliyatining ustuvor vazifasidir.
Oçiq darslar ustozlar örtasida tajriba almaşiş, pedagogik mahoratni oşiriş va ilğor usullarni ommalaştirişda muhim ahamiyatga ega. Taʼlim muassasasida bunday tadbirlar izçil davom ettiriladi.
Kökaldoş ÖMITM Matbuot xizmati






