

Bugun «Kökaldoş» örta maxsus islom ta’lim muassasasi Ta’lim sifatini nazorat qiliş sektori boş mutaxassisi S.Saidikromov Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida böldi. U professor-öqituvçilar va talabalar huzurida “Islom dinida bağrikenglik, tinçlik va özga din vakillariga hurmat” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruza mazmundor, dalillarga boy va ta’sirçan bölib, unda Islomning asl mohiyati — tinçlik, adolat, mehr-oqibat va insonga hurmat ekani Qur’oni karim oyatlari, hadisi şariflar va tarixiy misollar asosida çuqur yoritildi.
Maʼruzada quyidagi masalalar tahlil qilindi:
🔹 “Isro” surasining 70-oyatiga köra, Alloh taolo inson zotini mukarram qilib yaratgan. Insonning qadr-qimmatini hurmat qilış — Islomning asosiy qadriyatlaridan biri.
🔹 “Hujurot” surasining 13-oyatida bayon etilganidek, millat va elatlarning xilma-xilligi adovatga emas, bir-birini tanış va hamkorlik qilışga xizmat qiladi.
🔹 Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning özga din vakillari bilan münosabatlari: Madina ahdnomasi, gözal muomala, hadyalar almaşiş va mehmonlarga ehtirom.
🔹 Muohadning joniga tajovuz qilişning öğir gunoh ekani haqidagi hadis va uning bugungi yoşlar uçun ahamiyati.
🔹 Hazrati Umar roziyallohu anhuning adolati: nasroniy ayolning mulk huquqini himoya qilgani va ibodatxona daxlsizligini saqlagani.
🔹 “Fussilat” surasining 34-oyati: yomonlikka yaxşilik bilan javob berış — yuksak maʼnaviyat belgisi.Mutaxassis alohida ta’kidladiki, bağrikenglik — özga e’tiqodga qöşiliş emas, balki öz diniga sodiq qolgan holda boşqalarning huquqi, şa’ni va e’tiqodini hurmat qilişdir. Din nomidan zöravonlik va adovat tarqatiş esa Islom ta’limotiga mutlaqo zid.
Yangi Özbekistonda vijdon erkinligi, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglik davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida himoya qilinmoqda. Yurtimizda tinçlik va hamjihatlikni asrab-avaylaş, yoşlarni ma’rifat va yuksak axloq ruhida tarbiyalaş yönalişida amalga oşirilayotgan işlar ham bu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. «Kökaldoş» madrasasi ham ta’lim sifatini oşiriş bilan birga, ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni kengaytiriş va yoşlarni Vatanga sadoqat hamda insonparvarlik ruhida tarbiyalaşga e’tibor qaratib kelmoqda.
Bugungi uçrashuv dinşunoslik ta’limi va dunyoviy oliy ta’lim muassasalari özaro hamkorligining namunasi böldi. Bunday ma’rifiy tadbirlar yoşlar qalbida bağrikenglik, özaro hurmat va tinç-totuv yaşaş madaniyatini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Alloh taolo yurtimiz tinçligini, xalqimiz osoyişlitigini bardavom qilsin!
Kökaldoş ÖMITM Matbuot xizmati






