SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
20.11.2026 / Bo‘limda Maqolalar

Dunyo hayoti aldab qöymasin

«Ey insonlar! Parvardigoringiz (ğazabidan) qörqinglar va biror ota bolasiga foyda berolmaydigan va bola otasiga foydali bölolmaydigan kun (azobidan) qörqinglar. Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir. Sizlarni dunyo hayoti sira aldab qöymasin va şayton sizlarni Allohning toatidan aldab, çalğitib qöymasin!» (Luqmon surasi, 33-oyat).

«Ey insonlar! Parvardigoringiz (ğazabidan) qörqinglar…» U sizlarni yöqdan bor qildi va rizqlantirdi, yaxşilikka buyurib, yomonlikdan qaytardi. U siz qilayotgan har bir amalni – oşkorasiyu pinhonasini köradi, biladi. Albatta, sizlar har bir lahzada Alloh taoloning neʼmatlaridan bahramand bölasiz. Şunda ham Uning ibodatida sustkaşlik qilasiz, nuqsonga yöl qöyasiz. Qiyomat kuni sizga berilgan neʼmatlar va qilgan amallaringiz hisobini berasiz. Şak-şubhasiz, Uning neʼmatlari oldida sizning amallaringiz arzimasdir. Agar U fazl-marhamat, karam qilmasa, qiyomat azobidan heç bir banda najot topolmaydi.

«Va biror ota bolasiga foyda berolmaydigan va bola otasiga foydali bölolmaydigan kun (azobidan) qörqing». U qiyomat kunidir, u kunda birov birovning yonini ololmaydi. Dunyoda bir-biridan jonini ayamaydigan ota-bola ham bir-biriga yordam berolmaydi. Hatto yonida ham turolmaydi. Har kim özi uçun özi javob beradi. Şuni unutmaslik lozim.

«Albatta, Allohning vaʼdasi haqdir». Yaʼni qiyomat kunining, hisob-kitobning bölişi va har kim amali uçun özi javob berişi şak-şubhasizdir.

«Sizlarni dunyo hayoti sira aldab qöymasin…» Neʼmatlar içra yaşayotganingizga aldanib qolmang. Mol-dunyo, farzandlar, qavmu qarindoş, döst-yorlarning köpligi, erişgan mansab-martabalaringiz, obrö-eʼtiboringiz – heç biri oxiratda sizga foyda bermaydi, undagi holatingizni belgilamaydi. Alloh taoloning sizga qöşa-qöşa berayotgani neʼmatlarini Uning huzuridagi darajangizdan deb bilmang…

«Va şayton sizlarni Alloh toatidan aldab, çalğitib qöymasin!» Şaytonning: “Allohning rahmati keng, U keçiruvçi, bandalariga mehribon. Seni ham keçirib yuboradi”, degan vasvasasiga aldanib qolmang. Yaʼni gunoh-maʼsiyatda davom eta turib, Allohning mağfiratidan umidvor bölmang. Aksinça Alloh taolo buyurgan amallarni ado etib, qaytarganlaridan qaytib, keyin Uning mağfiratidan umid qilişingiz töğri böladi.

Nabiy alayhissalom marhamat qiladilar: «Mening huzurimda döstlarimning eng havas qilarlisi – yuki yengil (mol-dunyosi oz), namozdan yetarli nasibasi bor, Parvardigoriga gözal ibodat qilib, Unga maxfiy holda ham itoat etadigan, odamlar orasida tanilmagan va barmoq bilan körsatilmaydigan, rizqi hojatidan ortmaydigan miqdorda bölib, şunga sabr qilgan mömin bandadir. Uning ajali tez keladi, unga yiğlovçilar ham, undan qoladigan meros ham oz böladi».

«Rabbim menga Makkaning vodiysini oltinga aylantirib berişni taklif qildi. Men: “Yöq, ey Rabbim! Bir kun töyib ovqatlanay, bir kun oç qolay. Oç qolganimda Senga yolvorib duo qilaman, töyganimda Senga şukr qilaman va hamd aytaman”, dedim» (Imom Termiziy rivoyati).

“Tafsiri Tabariy”, “Tafsiri Saʼolibiy” va “Mafotihul ğayb” asarlari asosida tayyorlandi.

Avazbek domla Jumaboyev
Kökaldoş örta maxsus islom taʼlim muassasasi

What you can read next

Абу Ҳафс Умар ибн Абдулазиз ҳикматлари
Абу Яҳё Молик ибн Дийнор роҳимаҳуллоҳ ҳикматлари
Ислом ва иймон бир нарсадир
Ислом ва иймон бир нарсадир
Ихлос сурасининг фазилати
Ихлос сурасининг фазилати

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Kökaldoş madrasasi direktori Hakim Termiziy xalqaro anjumani minbarida

  • Imom Moturidiy taʼlimoti – yoshlarni gʻuluvdan asrovchi qalqon

  • Bağrikenglik kubogi yakunlandi: kökaldoş talabalari ğalaba va sovrinli örinlar bilan qaytdi

    “Bağrikenglik kubogi” yakunlandi: Kökaldoş talabalari ğalaba va sovrinli örinlar bilan qaytdi

  • Bir maydon, bir maqsad: kökaldoş talabalari bağrikenglik kubogida bellaşmoqda

    Bir maydon, bir maqsad: Kökaldoş talabalari “Bağrikenglik kubogi”da bellaşmoqda

  • Kökaldoş örta maxsus islom taʼlim muassasasida kompyuter savodxonligi kursi muvaffaqiyat bilan yakunlandi

    “Kökaldoş” örta maxsus islom taʼlim muassasasida kompyuter savodxonligi kursi muvaffaqiyat bilan yakunlandi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP