SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida navbatdagi maʼruza boʻlib oʻtdi
11.02.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida navbatdagi maʼruza boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2026-yil 11-fevral kuni «Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi»da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida navbatdagi maʼruza tashkil etildi.

🎙 Maʼruza Gumanitar va ijtimoiy fanlar maktabi dotsenti, yuridik fanlar falsafa doktori (PhD) Raximov Dilmurodjon Gʻulomjon oʻgʻli tomonidan
“Zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi borasidagi islohotlarni davom ettirish” mavzusida olib borildi.

👥 Tadbirda taʼlim muassasasi oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosarlari N. Djalolov va oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi F. Asatullayev, pedagog-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida navbatdagi maʼruza boʻlib oʻtdi (1)
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida navbatdagi maʼruza boʻlib oʻtdi (2)

Maʼruzada zamonaviy davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish islohotlarning asosiy tayanchi ekani asoslab berildi. Elektron hukumat va raqamli transformatsiya jarayonlari, 2026-yildan boshlab Elektron hukumat platformasini tubdan yangilash, sunʼiy intellekt asosidagi boshqaruv va nazorat mexanizmlarini joriy etish masalalari keng yoritildi.

Parlament nazoratini kuchaytirish, davlat kafolati ostida tashqi qarz olish vakolatini parlamentga oʻtkazish, deputat soʻrovlari ijrosini har chorakda tahlil qilish mexanizmlari muhokama qilindi. Hokimiyatlar boʻlinishi tamoyili asosida mahalliy boshqaruvni isloh qilish, 2026-yildan viloyat hokimlari va mahalliy kengash raislari lavozimlarini ajratish tashabbusining ahamiyati tushuntirildi.

“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida navbatdagi maʼruza boʻlib oʻtdi (3)
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida navbatdagi maʼruza boʻlib oʻtdi (4)
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida navbatdagi maʼruza boʻlib oʻtdi (5)

Shuningdek, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha besh yillik strategiya ishlab chiqilishi, ochiqlik siyosatini kengaytirish, sud-huquq tizimini izchil isloh qilish, raqamli sud tizimini joriy etish, habeas corpus tamoyili va tergov sudyalari instituti faoliyatini kuchaytirish masalalari chuqur tahlil qilindi. Sud qarorlari ijrosini taʼminlash va korrupsiyaga qarshi qatʼiy siyosat yuritish zarurati alohida taʼkidlandi.

“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida navbatdagi maʼruza boʻlib oʻtdi (6)
“Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi”da “Milliy yuksalishning yangi Oʻzbekiston modeli” maxsus kursi doirasida navbatdagi maʼruza boʻlib oʻtdi (7)

Mazkur maʼruza ishtirokchilarda davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini mustahkamlash hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot modelining ustuvor yoʻnalishlarini kengroq tushunishga xizmat qildi.

©️ Abdurahmon Ismoilov
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Oʻquv-uslubiy boʻlim uslubchisi

What you can read next

Абу Исҳоқ Иброҳим Ибн Муҳаммад ибн Зажжож роҳимаҳуллоҳ
Абу Исҳоқ Иброҳим Ибн Муҳаммад ибн Зажжож роҳимаҳуллоҳ
Shaʼbon oyining fazilatlari mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi
Shaʼbon oyining fazilatlari mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi
Ота-она меҳмондир
Ота-она меҳмондир

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP