




Toşkent islom instituti talabalari hozirda Kökaldoş örta maxsus islom taʼlim muassasasida amaliyot ötamoqda.
Bugun amaliyotçi talabalar muassasaning “Yoşlar bilan işlaş, maʼnaviyat va maʼrifat” bölimi faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Bölimning yoşlar tarbiyasi, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni taşkil etiş hamda yoş avlodni vatanparvarlik ruhida kamol toptirişdagi işlari haqida maʼlumot berildi.
Talabalar bilan taʼlim muassasasining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari A.Ğaniyev suhbat ötkazdi. Suhbatda kelajak imom-xatiblari va din xodimlari yoşlar bilan işlaşda bilim, tajriba va masʼuliyatni uyğun holda ğayrat qilişi lozimligi alohida taʼkidlandi.
Yoşlar tarbiyasi — davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri. Yoş avlodni ğoyaviy tahdidlardan asraş, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatni şakllantiriş — bugungi kunda har bir taʼlim muassasasining muhim vazifasidir.
Amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlaşi, kasbiy könikmalarini oşiriş va mustaqil faoliyatga tayyorlanişlarida muhim bosqiç bölmoqda.
«Ko’kaldosh» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
«Yoshlar bilan ishlashma’naviyat va ma’rifat» bo’limi






