SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari Turkiyaga ilmiy-amaliy malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun yoʻl oldilar
06.07.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari Turkiyaga ilmiy-amaliy malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun yoʻl oldilar

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtining yetti nafar professor-oʻqituvchisi Turkiya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri – Karabük Universiteti (Karabük Üniversitesi)da tashkil etiladigan ilmiy-amaliy malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun xizmat safariga yoʻl oldilar.
Safar oldidan bilim yurti mudiri professor-oʻqituvchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida malaka oshirish jarayonidan samarali foydalanish, zamonaviy taʼlim metodlari va ilgʻor tajribalarni puxta oʻrganish, orttirilgan bilim va koʻnikmalarni taʼlim jarayoniga samarali tatbiq etish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, safar davomida amalga oshiriladigan vazifalar hamda aniq maqsadlar belgilab olindi.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari Turkiyaga ilmiy-amaliy malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun yoʻl oldilar (1)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari Turkiyaga ilmiy-amaliy malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun yoʻl oldilar (2)

Shundan soʻng professor-oʻqituvchilar masʼullar tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qoʻyildi va ularga mazkur ilmiy safarda muvaffaqiyatlar tilandi.
Taʼkidlash joizki, Karabük Universiteti (Karabük Üniversitesi) Turkiyaning Gʻarbiy Qora dengiz mintaqasida joylashgan nufuzli davlat oliy taʼlim muassasasi boʻlib, zamonaviy taʼlim tizimi, xalqaro ilmiy hamkorliklari hamda malakali professor-oʻqituvchilari bilan eʼtirof etiladi.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari Turkiyaga ilmiy-amaliy malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun yoʻl oldilar (3)

Mazkur ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi professor-oʻqituvchilarimizning kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirish, xalqaro tajribalarni oʻrganish va taʼlim sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Professor-oʻqituvchilarimizning Turkiyadagi ilmiy-amaliy malaka oshirish jarayoni, uchrashuvlari va erishayotgan natijalari haqida rasmiy sahifalarimiz orqali maʼlumot berib boramiz.

“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari Turkiyaga ilmiy-amaliy malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun yoʻl oldilar (4)
“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari Turkiyaga ilmiy-amaliy malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun yoʻl oldilar (5)

Koʻkaldosh OʻMIBY maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari, kasaba uyushmasi raisi A.Gʻaniyev

What you can read next

Солиҳ амал
Солиҳ амал
Муфтий ҳазратлари: Икки қардош халқ бир-бирига фақат яхшиликни раво кўради
Муфтий ҳазратлари: Икки қардош халқ бир-бирига фақат яхшиликни раво кўради
Қуръони карим ёшлар ҳақида нима дейди?
Ёшлар ва масжид

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP