






Bugun Özbekiston musulmonlari idorasi«Kökaldoş» örta maxsus islom taʼlim muassasasida «Noyabr — hadis ilmlari fan oyligi» munosabati bilan Imom Termiziyning «Şamoili Muhammadiya» asarining xatmi kutub tadbiri ötkazildi.
Taʼlim muassasas öqituvçisi Avaz domla Jumaboyev boşçiligida 3-kurs talabalari mazkur asarni boşdan oxirigaça öqib, xatm qildilar.
Tadbirda muassasa öqituvçisi, Ulamolar kengashi aʼzosi J.Xolmöminov domla xatmi kutub haqida nutq qildi. Domla Payğambarimiz ﷺ ning siymosini bayon etgan asarni xatm qilişni ilm yölidagi katta muvaffaqiyat deb baholadi. Bunday ilm maskanlarining faoliyat yuritişi yurtimizda din hamda maʼrifatga, yoşlarimizning ilmli va axloqli bölib yetişiga berilayotgan yuksak eʼtibor samarasi ekanini aytdi.
Asar muallifi Imom Termiziy — Termiz zaminidan yetişib çiqqan, butun islom dunyosi tan olgan buyuk muhaddis, aziz ajdodimizdir. Uning Payğambarimiz ﷺ ning körinişi, axloqi va hayot tarzini bayon etgan bu asari asrlar davomida mötabar manba sifatida ilm ahli qölida bölib kelmoqda.
Xatm yakunida ustoz Avaz domla Jumaboyev tomonidan talabalarga ijoza berildi. Bu ustozdan şogirdga, şogirddan keyingi avlodga ötib kelayotgan ilm anʼanasining davomi bölib, talabalar uçun ham katta şaraf, ham ilm yölidagi yangi masʼuliyatdir.
Bugun Termiziy merosi yurtimizdagi ilm maskanlarida yana jaranglamoqda. Talabalarimizning ajdodimiz asarini ustoz rahbarligida öqib çiqişi ularda sunnatga muhabbat, ilmga çuqur yondaşuv va ustozga hurmat ruhini mustahkamlaydi.
Muassasa rahbariyati hamda ustozlarga talabalarga hadis ilmini singdirişda körsatayotgan saʼy-harakatlari uçun minnatdorçilik bildiramiz.
Alloh taolo ilm yölida körsatilgan bu mehnatlarni qabul etsin, talabalarimizning ilmini ziyoda, amalini baraka etsin!
Kökaldoş ÖMITM Matbuot xizmati






