Ilm va jismoniy tarbiya uygʻunligi: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi yakunlandi
08.10.2026
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan futbol musobaqasi oʻz yakuniga yetdi va gʻoliblar aniqlandi.Yarim final va final bahslari qizgʻin kurash, chiroyli hujumlar va sportchilarga xos odob-axloq ruhida oʻtdi. Yoshlar maydonda jamoaviylik, intizom va oʻzaro hurmat namunasini koʻrsatdilar.303-guruh jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 103-guruh vakillari ikkinchi oʻrinni egalladi.Mukofotlash marosimida
- Bo‘limda Yangiliklar
Izohlar yo‘q
7-oktabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasida tizimdagi oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalari jamoalari ishtirokida kengaytirilgan masofaviy yigʻilish oʻtkazildi.Yigʻilishda idora raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, muftiy oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, hududiy bosh imom-xatiblar, taʼlim muassasalari rahbarlari va professor-oʻqituvchilar qatnashdi.Muftiy hazratlari Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan taʼlim-tarbiya sohasiga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor, moddiy-texnik bazaning mustahkamlanishi, pedagoglar uchun yaratilayotgan
- Bo‘limda Yangiliklar
“Kuchli moʼmin — afzalroqdir”: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi qizgʻin pallaga kirdi
07.10.2026
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida talabalar oʻrtasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.Bugungi kunda yoshlar sportini rivojlantirish, ularni sogʻlom turmush tarziga keng jalb etish davlatimiz yoshlar siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Taʼlim muassasasi rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqa ham ana shu ezgu maqsadlar ijrosiga qoʻshilgan amaliy hissa boʻldi. Musobaqada
- Bo‘limda Yangiliklar
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida faoliyat yuritib kelayotgan «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursining navbatdagi, 76-davra mashgʻulotlari 2026-yil 5-oktabr kuni rasman boshlandi.Yurtimizda vijdon erkinligini taʼminlash va diniy-maʼrifiy sohani rivojlantirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida aholining diniy savodxonligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Taʼlim muassasasi qoshidagi mazkur kurs ham ana
- Bo‘limda Yangiliklar
1 oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan dinimiz rivoji, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga beqiyos hissa qoʻshgan 85 nafar nuroniy ustozlar, mehnat faxriylari yoʻqlandi. Ushbu xayrli tadbir doirasida tizimda koʻp yillar faoliyat yuritib, bugungi kunda marhum boʻlgan ulamolarning yaqinlari holidan xabar olindi. Shuningdek, hozirda Diniy idora tizimida faoliyat yuritayotgan
- Bo‘limda Yangiliklar
Ustoz qadri – vafo belgisi
30.09.2026
1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligida ilm-maʼrifat yoʻlida umrini sarflagan marhum ustozlarimizning xonadonlari ziyorat qilindi. Ziyoratda «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi direktori M.Erkayev hamda maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Gʻaniyev, ustozlar hamda talabalar ishtirok etdilar. Tashrif chogʻida ustozlarning ilm yoʻlidagi fidokorona xizmatlari ehtirom
- Bo‘limda Yangiliklar
Ustoz — ilm nurini qalblarga yetkazuvchi, avlodlar tarbiyasiga umrini baxshida etgan zot. Yurtimizda bugun taʼlim-tarbiya sohasiga, ustoz va murabbiylar mehnatini qadrlashga davlat siyosati darajasida alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yangi Oʻzbekistonning ertangi kuni, Uchinchi Renessans poydevori aynan maʼrifatli ustozlar qoʻlida barpo etilmoqda. Ana shu ezgu sana munosabati bilan Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida tadbir tashkil etildi.Tadbirda
- Bo‘limda Yangiliklar
Kiberxavfsizlik – davr talabi
30.09.2026
Taʼlim muassasamizda talabalar oʻrtasida kiberxavfsizlik va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish mavzusida profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB xodimi katta leytenant H.Muratov hamda Chilonzor tumani IIO FMB xodimi mayor M.Chorshanbiyev ishtirok etib, talabalarga zamonaviy kiberjinoyatlarning turlari, ayniqsa, telefonlarga turli koʻrinishda yuboriladigan zararli APK-fayllar orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari haqida batafsil maʼlumot berdilar. Telefoningiz va
- Bo‘limda Yangiliklar
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi huzuridagi “Qurʼoni karim va tajvid” kursining 73-davra tinglovchilari oʻqishni muvaffaqiyatli yakunladi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda taʼlim muassasasi direktori M.Erkayev hamda kurs oʻqituvchisi B.Bolbekov ishtirok etdi. Tadbirda soʻzga chiqqan muassasa direktori M.Erkayev tinglovchilarni kursni tamomlaganlari bilan chin qalbdan muborakbod etdi. U Qurʼoni karimni oʻrganish va uni toʻgʻri
- Bo‘limda Yangiliklar
Bugun Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari ishtirokida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.Tadbirda muassasa mudiri M.Erkayev, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari A.Gʻaniyev, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi “Huquqshunoslik” boʻlimi boshligʻi J.Xotamov hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi “Huquqshunoslik” boʻlimi mutaxassisi, huquqshunos A.Agzamov ishtirok etdi. Tadbirni muassasa mudiri M.Erkayev kirish soʻzi bilan
- Bo‘limda Yangiliklar












