SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Kuchli moʼmin — afzalroqdir”: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi qizgʻin pallaga kirdi
07.10.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

“Kuchli moʼmin — afzalroqdir”: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi qizgʻin pallaga kirdi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida talabalar oʻrtasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.
Bugungi kunda yoshlar sportini rivojlantirish, ularni sogʻlom turmush tarziga keng jalb etish davlatimiz yoshlar siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Taʼlim muassasasi rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqa ham ana shu ezgu maqsadlar ijrosiga qoʻshilgan amaliy hissa boʻldi.

“Kuchli moʼmin — afzalroqdir”: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi qizgʻin pallaga kirdi (1)
“Kuchli moʼmin — afzalroqdir”: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi qizgʻin pallaga kirdi (2)
“Kuchli moʼmin — afzalroqdir”: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi qizgʻin pallaga kirdi (3)
“Kuchli moʼmin — afzalroqdir”: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi qizgʻin pallaga kirdi (4)
“Kuchli moʼmin — afzalroqdir”: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi qizgʻin pallaga kirdi (5)
“Kuchli moʼmin — afzalroqdir”: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi qizgʻin pallaga kirdi (6)
“Kuchli moʼmin — afzalroqdir”: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi qizgʻin pallaga kirdi (7)
“Kuchli moʼmin — afzalroqdir”: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi qizgʻin pallaga kirdi (8)
“Kuchli moʼmin — afzalroqdir”: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi qizgʻin pallaga kirdi (9)
“Kuchli moʼmin — afzalroqdir”: “Koʻkaldosh” madrasasida futbol musobaqasi qizgʻin pallaga kirdi (10)

Musobaqada talabalar jamoalari kuch sinashmoqda. Har bir oʻyin qizgʻin, murosasiz kurash, chiroyli hujumlar va eng muhimi, sportchilarga xos odob-axloq ruhida oʻtmoqda. Ilm dargohida tahsil olayotgan yoshlar maydonda ham jamoaviylik, intizom va oʻzaro hurmat namunasini koʻrsatmoqda.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam: «Kuchli moʼmin Alloh nazdida zaif moʼmindan yaxshiroq va suyukliroqdir. Holbuki, barchasida yaxshilik bor», deganlar (Imom Muslim rivoyati).
Darhaqiqat, ilm olish, ibodat qilish va jamiyatga xizmat qilish uchun avvalo sogʻlom tan, mustahkam iroda kerak. Kitob mutolaasi bilan birga jismoniy tarbiyaga eʼtibor qaratish talabalarimizning har tomonlama barkamol shaxs boʻlib yetishishiga xizmat qiladi.
Musobaqa davom etmoqda. Final bahslari va gʻoliblar haqida tez orada xabar beramiz. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
Matbuot xizmati

Tagged under: Yangiliklar

What you can read next

Шаъбон ойи фазилатлари
Шаъбон ойи фазилатлари
Masjidlarda boʻladigan malakaviy amaliyot boʻyicha talabalarga zarur tavsiyalar berildi
Masjidlarda boʻladigan malakaviy amaliyot boʻyicha talabalarga zarur tavsiyalar berildi
Fiqh va usulul fiqh fani oyligi
Fiqh va usulul fiqh fani oyligi» doirasida fiqhga oid kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP