Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida «Oktabr – Fiqh va usulul fiqh fani oyligi» munosabati bilan Axborot-resurs markazi tomonidan ushbu yoʻnalishga oid kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.




Koʻrgazmani taʼlim muassasasi direktori M.Erkayev ochib berdi. U oʻz nutqida talabalarni koʻproq kitob oʻqishga, Hanafiy fiqhini chuqur egallashga undadi hamda zamonaviy masalalarni ham oʻqib-oʻrganish bugungi davr talabi ekanini alohida taʼkidladi.
Koʻrgazmada fiqh yoʻnalishidagi qirqqa yaqin nomdagi kitoblar namoyish etildi. Ular orasida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat yuritayotgan ustoz va xodimlar qalamiga mansub asarlar alohida eʼtibor qozondi.
Tadbir davomida ustoz va talabalar taʼlim muassasasi kutubxonasidagi noyob fiqhiy asarlar hamda yangi keltirilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Axborot-resurs markazi mudiri I.Komilov






