SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Kiberxavfsizlik – davr talabi
30.09.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Kiberxavfsizlik – davr talabi

Taʼlim muassasamizda talabalar oʻrtasida kiberxavfsizlik va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish mavzusida profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Toshkent shahar IIBB xodimi katta leytenant H.Muratov hamda Chilonzor tumani IIO FMB xodimi mayor M.Chorshanbiyev ishtirok etib, talabalarga zamonaviy kiberjinoyatlarning turlari, ayniqsa, telefonlarga turli koʻrinishda yuboriladigan zararli APK-fayllar orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari haqida batafsil maʼlumot berdilar.

KIBERXAVFSIZLIK – DAVR TALABI (1)
KIBERXAVFSIZLIK – DAVR TALABI (2)

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «APK Qoʻriqchi» dasturi taqdim etildi. Mazkur dastur:
telefondagi zararli ilovalarni aniqlaydi va oʻchirishni taklif qiladi;
ilgari yuklab olingan zararli dasturlarni aniqlab, oʻchiradi;
keyinchalik zararli ilovalar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻymaydi.
Dasturni oʻrnatish tartibi:
Telefoningizdagi «Play Market» ilovasiga kiring;
Qidiruv qatoriga «APK Qoʻriqchi» deb yozing;
Dasturni yuklab oling va oʻrnating;
Dastur toʻliq ishlashi uchun kerakli ruxsatlarni bering.
Tadbirda taʼlim muassasasi maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Gʻaniyev, xoʻjalik boʻlimi boshligʻi J.Hamidov hamda tarbiyachi pedagog A.Abdusattoriy ishtirok etdilar.

KIBERXAVFSIZLIK – DAVR TALABI (3)
KIBERXAVFSIZLIK – DAVR TALABI (4)
KIBERXAVFSIZLIK – DAVR TALABI (5)
KIBERXAVFSIZLIK – DAVR TALABI (6)
KIBERXAVFSIZLIK – DAVR TALABI (7)

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:
«لَا يُلْدَغُ الْمُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ»
«Moʼmin bir inning oʻzidan ikki marta chaqilmaydi (yaʼni, moʼmin ogoh va hushyor boʻladi, bir marta aldangan joyida qayta aldanib qolmaydi)».
(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati)
Notanish havolalarni ochmang, nomaʼlum shaxslardan kelgan fayllarni yuklab olmang va shaxsiy maʼlumotlaringizni hech kimga bermang!

Telefoningiz va maʼlumotlaringiz xavfsizligi – sizning qoʻlingizda!

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
Matbuot xizmati

Tagged under: Yangiliklar

What you can read next

Bilim yurtda kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi
Bilim yurtda kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi
“Шамсул аимма” унвони билан шуҳрат топган олим
“Шамсул аимма” унвони билан шуҳрат топган олим
Биз, талабаларга!
Биз, талабаларга!

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP