“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtida arab tili (sarf) faniga oid — “TASRIF” nomli yangi va qulay qoʻllanma hamda “Sarf ilmidan amaliy mashgʻulotlar daftari” taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida mazkur adabiyotlar 1-kurs talabalari uchun bebaho sovgʻa sifatida hadya qilindi.



Ushbu qoʻllanmalar sarf ilmini chuqurroq oʻrganishga, nazariy bilimlarni amaliy mashgʻulotlar bilan mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, yangi bosqichda tahsilni boshlagan talabalar uchun bu kitoblar ilmiy izlanishlarida qoʻllanma va dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.


Mazkur taqdimot nafaqat kitobxonlikka boʻlgan qiziqishni kuchaytiradi, balki yoshlarda ilmga boʻlgan intilish va eʼtiborning yanada ortishiga sabab boʻladi. Bu esa, oʻz navbatida, ularning ilm yoʻlidagi ilk qadamlari mustahkam va samarali boʻlishiga zamin yaratadi.


SaidAzimxon Saidakramov
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi






