SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“Yoshlar tarbiyasi, maʼnaviy yetuklik va maʼrifiy dunyoqarashni yuksaltirish” mavzusida navbatdagi davra suhbati
04.12.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

“Yoshlar tarbiyasi, maʼnaviy yetuklik va maʼrifiy dunyoqarashni yuksaltirish” mavzusida navbatdagi davra suhbati

2025-yil 3-dekabr kuni “Nazarbek” talabalar turar joyida yoshlar tarbiyasi, maʼnaviy yetuklik va maʼrifiy dunyoqarashni yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbir “Behuda ishlardan uzoq boʻlish” mavzusida oʻtkazilib, talaba-yoshlar orasida vaqtning qadriga yetish, maqsadli hayot kechirish, masʼuliyatni his etish va oʻz-oʻzini tarbiyalash masalalariga katta eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvni Koʻkaldosh oʻrta maxsus Islom bilim yurti fiqh fani katta oʻqituvchisi, tajribali ustoz Jaloliddin domla Xolmoʻminov olib bordi. Suhbat davomida domla diniy manbalardan, fiqhiy qarashlardan, hadis va ibratli hikoyatlardan misollar keltirar ekan, yoshlarning fikrlash doirasini kengaytiruvchi, ularni toʻgʻri yoʻlga undovchi mulohazalarni bildirdi.

“Yoshlar tarbiyasi, maʼnaviy yetuklik va maʼrifiy dunyoqarashni yuksaltirish” mavzusida navbatdagi davra suhbati (1)
“Yoshlar tarbiyasi, maʼnaviy yetuklik va maʼrifiy dunyoqarashni yuksaltirish” mavzusida navbatdagi davra suhbati (2)
“Yoshlar tarbiyasi, maʼnaviy yetuklik va maʼrifiy dunyoqarashni yuksaltirish” mavzusida navbatdagi davra suhbati (3)

Ustoz oʻz soʻzida vaqtning beqiyos qadri haqida toʻxtalar ekan, shunday dedi:

“Talabaningning eng katta boyligi — uning vaqti. Vaqtni behuda oʻtkazish — boylikni shamolga sovurgandekdir. Kimki vaqtni qadrlasa, ilmda ham, kasbda ham, hayotda ham oʻz oʻrnini topadi.”

Shuningdek, Jaloliddin domla yoshlarning oʻrnak boʻla oladigan insonlarga ergashishi, foydali kitoblar oʻqishi, maʼnaviy tozalikni asrashi hamda har kuni oʻz oldiga kichik boʻlsa-da maqsad qoʻyish zarurligini taʼkidladi. U domlaning yana bir fikri talabalar ongida chuqur taassurot qoldirdi:

“Bugun qilinmagan yaxshi amal — ertaga afsusga sabab boʻladi. Shuning uchun har bir yosh har kuni bir yaxshi ish qilishga intilishi kerak.”

Tadbir davomida turar joy tarbiyachi-pedagogi Abdusattoriy Abdulloh, yotoqxona komendanti Gʻadayev Furqat hamda talabalar faol ishtirok etishdi. Ular mavzuga oid oʻz fikrlarini bildirib, ustozga qiziqarli savollar bilan murojaat qilishdi. Muloqot jarayoni ochiq va samimiy ruhda kechdi, talabalar bilan ustoz oʻrtasida oʻzaro fikr almashinuvi yanada jonlandi.

Uchrashuv nihoyasida talabalar Jaloliddin domlaga mazmunli va oʻgitlarga boy suhbat uchun minnatdorlik izhor etishdi. Tadbir yoshlarning maʼnaviy olamini boyitish, ularni foydali mashgʻulotlarga yoʻnaltirish hamda “Nazarbek” yotoqxonasida sogʻlom muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

📝Tarbiyachi-pedagog Abdusattoriy Abdulloh

What you can read next

Шайх Муҳаммадсодиқ Муҳаммадюсуф хотирасига эҳтиром
Шайх Муҳаммадсодиқ Муҳаммадюсуф хотирасига эҳтиром
Президент мурожаатномаси ўқитувчилар эътиборида
Президент мурожаатномаси ўқитувчилар эътиборида
Bilim yurtida “Yagona olimpiada” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi
Bilim yurtida “Yagona olimpiada” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazildi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP