Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan har yili oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalari oʻrtasida “Yagona olimpiada” tanlovi oʻtkazilib, munosib nomzod oʻzi xohlagan oliy diniy taʼlim muassasasiga grand asosida oʻqishga qabul qilinmoqda. Ushbu anʼanaga asosan joriy yilning 20 yanvar kuni Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida mazkur tanlovning birinchi bosqichi oʻtkazildi.
Bitiruvchi kurs talabalaridan maxsus shartlar asosida tanlab olingan nomzodlar Arab tili, fiqh, aqoid hamda Oʻzbekiston tarixi fanlaridan test shaklida sinovdan oʻtdilar. Tanlov natijalariga koʻra Abdusalimov Mirjalol birinchi oʻrinni, Yusufaliyev Ziyouddin ikkinchi oʻrinni va Usmonjonov Jaloliddin uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar.



Ularga bilim yurti tomonidan esdalik sovgʻalari berildi hamda gʻolib talaba tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Goʻlib boʻlgan talabamizga respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallashda Alloh taolodan tavfiq soʻraymiz!






“Yagona olimpiada” tanlovida Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti talabalari namunali holda ishtirok etib kelishmoqda. Xususan 2005, 2011, 2012 va 2015-yillarda oʻtkazilgan mazkur tanlovda bilim yurti nomidan ishtirok etgan talabalar muvaffaqiyatli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, Toshkent islom institutiga grant asosida oʻqishga qabul qilinganlar. Shuningdek, 2016-2017-yillar, 2019-yil hamda 2022-yilgi oʻtkazilgan tanlovlarda 2-oʻrin va 2024-yilgi tanlovda 3-oʻrinni egallangan.
| № | YILLAR | TALABA | OʻRIN |
| 1 | 2024 | Abdujaliliy Komiljon | 3-oʻrin |
| 2 | 2022 | Sodiqov Bobur | 2-oʻrin |
| 3 | 2019 | Uzoqov Abdulvosid | 2-oʻrin |
| 4 | 2017 | Moʼminov Siyovush | 2-oʻrin |
| 5 | 2016 | Gʻafforov Umarali | 2-oʻrin |
| 6 | 2015 | Rasulxoʻjayev Sardorxoʻja | 1-oʻrin |
| 7 | 2012 | Abdukarimov Ahror | 1-oʻrin |
| 8 | 2011 | Boqiyev komilxon | 1-oʻrin |
| 9 | 2005 | Erkayev Maʼmur | 1-oʻrin |
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati






