SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Boʻlajak soha vakillari — huquqiy savodxon boʻlishi shart
24.09.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

Boʻlajak soha vakillari — huquqiy savodxon boʻlishi shart

Bugun Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari ishtirokida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda muassasa mudiri M.Erkayev, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari A.Gʻaniyev, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi “Huquqshunoslik” boʻlimi boshligʻi J.Xotamov hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi “Huquqshunoslik” boʻlimi mutaxassisi, huquqshunos A.Agzamov ishtirok etdi.

BOʻLAJAK SOHA VAKILLARI — HUQUQIY SAVODXON BOʻLISHI SHART (1)
BOʻLAJAK SOHA VAKILLARI — HUQUQIY SAVODXON BOʻLISHI SHART (2)
BOʻLAJAK SOHA VAKILLARI — HUQUQIY SAVODXON BOʻLISHI SHART (3)

Tadbirni muassasa mudiri M.Erkayev kirish soʻzi bilan ochib berdi. U bugungi kunda zamonaviy qonunchilikni chuqur oʻrganish, diniy sohaga oid qonun hujjatlari bilan muntazam tanishib borish va ulardagi yangilanishlardan doimo xabardor boʻlish boʻlajak din xizmatchilari uchun naqadar zarur ekaniga alohida urgʻu berdi.
📚 Soʻngra tashrif buyurgan mutaxassislar talabalarni soha faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi. Suhbat davomida quyidagi dolzarb masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtildi:
noqonuniy diniy taʼlimning salbiy oqibatlari va unga qarshi kurash;
norasmiy yashirin nikohning huquqiy va ijtimoiy xatarlari;
ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy kontentlardan saqlanish va ularni tarqatmaslik masʼuliyati.
Mutaxassislar har bir mavzuni hayotiy misollar asosida tushuntirib, dinni toʻgʻri anglash va qonunga hurmat bir-birini toʻldiruvchi qadriyatlar ekanini taʼkidladi.
Tadbir soʻngida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Ochiq muloqot shaklida oʻtgan suhbat talabalarda katta qiziqish uygʻotdi.

BOʻLAJAK SOHA VAKILLARI — HUQUQIY SAVODXON BOʻLISHI SHART (4)
BOʻLAJAK SOHA VAKILLARI — HUQUQIY SAVODXON BOʻLISHI SHART (5)
BOʻLAJAK SOHA VAKILLARI — HUQUQIY SAVODXON BOʻLISHI SHART (6)
BOʻLAJAK SOHA VAKILLARI — HUQUQIY SAVODXON BOʻLISHI SHART (7)

Bunday uchrashuvlar talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni jamiyatda qonun ustuvorligini qadrlaydigan, maʼrifatli va masʼuliyatli soha mutaxassislari etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
Matbuot xizmati

What you can read next

“Фароиз илми” китоби муаллиф томонидан ҳадя қилинди
“Фароиз илми” китоби муаллиф томонидан ҳадя қилинди
Shayx Sayf ibn Ali al-Asriy
Shayx Sayf ibn Ali al-Asriy
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 3-оят
“Саҳобаларнинг фазли борасида юз оят” туркумидан 14-оят

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP