عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، قَالَ:« أَتَدْرُونَ مَا الْغِيبَةُ»؟ قَالُوا: اللهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ، قَالَ: «ذِكْرُكَ أخَاكَ بِما يَكْرَهُ» قِيلَ: أَفَرَأَيْتَ، إِنْ كَانَ فِي أَخِي مَا أَقُولُ؟ قَالَ: «إِنْ كَانَ فِيهِ مَا تَقُولُ، فَقَد اغْتَبْتَهُ، وَإِنْ لَمْ يَكُنْ فِيهِ مَا تَقُولُ فَقَدْ بَهَتَّهُ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ğiybat nima ekanini bilasizlarmi?” – dedilar. Ular: “Alloh va Uning Rasuli bilguvçiroq”, – deyişdi. U zot: “Öz birodaringni u yoqtirmaydigan narsa bilan eslaşing”, – dedilar. Ular: “Ayting-çi, agar birodarimda men aytayotgan narsa bölsa-çi?” – deyişdi. Şunda u zot: “Agar unda sen aytayotgan narsa bölsa, uni ğiybat qilgan bölasan, agar unda sen aytayotgan narsa bölmasa, unga böhton qilgan bölasan”, – dedilar. Imom Muslim rivoyat qilgan.
Şarh
Ğiybat qiliş şariatda qaytarilgan harom işlardan biri sanaladi. Bu haqda Alloh taolo Qurʼoni Karimda şunday degan:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ وَلَا تَجَسَّسُوا وَلَا يَغْتَبْ بَعْضُكُمْ بَعْضًا أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَنْ يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ رَحِيمٌ
“Ey möminlar! Köp gumon(lar)dan çetlaningiz! Çunki baʼzi gumon(lar) gunohdir. (Özgalar aybini qidirib) josuslik qilmangiz va biringiz biringizni ğiybat qilmasin! Sizlardan biror kişi ölgan birodarining göştini yeyişni xohlaydimi?! Uni yomon körasiz-ku, axir! Allohdan qörqingiz! Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvçi va rahmli zotdir” (Hujurot surasi, 12-oyat).
Hadisi şarifda ğiybat haqida şunday deyilgan:
Abu Saʼid va Jobir roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ğiybat zinodan ham oğirroqdir”, – dedilar. Ular: “Ey Allohning Rasuli! Ğiybat qanday qilib zinodan ham oğirroq böladi?” – deyişdi. U zot: “Kişi zino qiladi, söng tavba etadi. Alloh uning tavbasini qabul qiladi”, – dedilar. Boşqa bir rivoyatda: “Tavba qiladi va Alloh uni mağfirat qiladi. Ammo ğiybat qilgan kişini ğiybat qilingan kişi keçirmagunça, u mağfirat qilinmaydi”, – deyilgan.[1] Bayhaqiy “Şuʼabul iymon”da rivoyat qilgan.
Buning sababi şuki, zinoda Allohga muxolif çiqiladi. Ğiybatda esa Allohga muxolafat qiliş bilan birga ğiybat qilingan kişiga ozor beriş ham bor. Allohning haqqi tavba bilan keçirilişi mumkin. Ammo bandaning haqqi öşa banda keçirmagunça afv etilmaydi.
Imom Navaviy rahimahulloh şunday deganlar:
“Ğiybat – yomonliklarning eng xunugi va odamlar orasida eng keng tarqalganidir. Hatto undan faqat ozçilik kişilargina salomat qoladi. Hadisdagi “Öz birodaringni u yoqtirmaydigan narsa bilan eslaşing” degan jumla umumiy maʼnoni ifodalaydi. Yaʼni, “u yoqtirmaydigan narsa” iborasi birodaringga taalluqli bölgan barça jihatlarni qamrab oladi. Bu uning badani, dini, dunyoviy işlari, nafsi, xulqi, moli, farzandi, otasi, xotini, xizmatkori, kiyimi, yuriş-turişi, harakatlari, oçiq çehrasi, tund qiyofasi, şirinsözligi yoki unga aloqador bölgan boşqa har qanday xususiyat bölişi mumkin.
Ğiybat faqat til bilan sözlaş orqali sodir bölmaydi. Balki uni yozuv orqali ifodalaş, işora qiliş, köz, qöl yoki boş bilan anglatiş ham ğiybat hisoblanadi. Zero, uning asosiy mezoni şuki, boşqa bir kişiga musulmon birodarining özi yoqtirmaydigan nuqsonini bildirişga qaratilgan har qanday ifoda harom ğiybat sanaladi. Bunga taqlid qiliş ham kiradi. Masalan, biror kişining nuqsonini körsatiş maqsadida uning holatini tasvirlaş uçun atayin oqsoqlanib yuriş, egiliş yoki uning harakatlarini boşqa şakllarda takrorlaş ham ğiybatning körinişlaridan hisoblanadi.”
Böhton – biror şaxsga unda mavjud bölmagan ayb yoki nuqsonni nisbat beriş, u haqida asossiz va yolğon maʼlumot tarqatişdan iborat oğir yolğondir. Natijada bu gapni eşitgan kişi özini oqlaşga ham söz topolmay, hayrat va sarosimaga tuşib qoladi.[2]
Ğiybatga undaydigan sabablar
Bunday sabablar köp. Quyida ulardan baʼzilari keltiriladi:
Birinçisi – ğazabni qondirişdir.
Bu holat biror kişi tufayli ğazablaniş yuzaga kelganda namoyon böladi. Inson ğazabi qözğalganida, şariat körsatmasiga amal qilgan holda uni tiymasa, u ğazabini öşa kişining kamçiliklarini tilga oliş orqali bosişga intiladi. Bunday paytda til tabiiy ravişda uning ayblarini aytişga şoşiladi.
Baʼzan esa inson ğazablangan paytida uni oşkor qilişdan tiyiladi va ğazabini içiga yutadi. Natijada bu ğazab qalbda töplanib, doimiy adovatga aylanadi. Bu adovat esa öşa kişining kamçiliklarini qayta-qayta tilga olişga sabab böladi. Demak, adovat va ğazab ğiybatga undaydigan eng kuçli omillardandir.
Ikkinçisi – tengdoşlarga ergaşiş, hamsuhbatlarga xuşomad qiliş va ularning gaplarini qöllab-quvvatlaşdir.
Agar bir guruh kişilar özaro suhbatlaşib, boşqalarning obrösi va kamçiliklarini tilga oliş bilan maşğul bölsalar, ulardan biri bu işni inkor etsa yoki suhbatni töxtatsa, boşqalar uni oğir qabul qilişi va undan uzoqlaşişi mumkin. Şuning uçun u ham ularga qöşilib, ğiybatda iştirok etadi. Buni yaxşi muomala va hamsuhbatlik odobi deb öylaydi.
Baʼzan esa uning hamsuhbatlari biror kişidan ğazablanadilar. Şunda u ham ular bilan hamfikr ekanini, xursandçilik va qiyinçilikda birga turişini körsatiş maqsadida ularning ğazabiga şerik böladi. Natijada ular bilan birgalikda boşqalarning ayblari va kamçiliklarini muhokama qilişga kirişadi.
Uçinçisi – biror kişidan öziga nisbatan yomonlik yetişini oldindan sezişdir.
Masalan, inson biror kişining öziga qarşi gapirişi, obröli şaxslar oldida uning holatini yomon qilib körsatişi yoki unga qarşi guvohlik berişi mumkinligini sezadi. Şunda u raqibi özidan oldin obrösiga putur yetkazib ulgurmasidan, öşa kişining ayblarini tilga olişga şoşiladi. Baʼzan esa uning guvohligi taʼsirini yöq qiliş maqsadida oldindan uning kamçiliklarini oşkor qiladi.
Yana bir holatda inson avval boşqasining haqiqiy aybini aytib, keyinçalik öziga nisbatan bildirilgan yolğon gaplarni ham odamlar orasida işonçli qilib körsatişga harakat qiladi. U özining dastlabki gapi rost çiqqanini dalil qilib: “Men odatda yolğon gapirmayman. Axir, sizlarga uning holati haqida falon gapni aytgan edim, aytganlarim xuddi şunday bölib çiqdi”, – deydi. Şu tariqa, avvalgi rost gaplarini keyingi yolğonlariga dalil sifatida keltiradi.
Törtinçisi – özini biror ayb yoki xatti-harakatdan oqlaş istagidir.
Bunda inson özi sodir etgan biror iş uçun ayblanişdan qutuliş maqsadida, aslida öşa işni qilgan kişini tilga oladi. Holbuki, u özini oqlaşi va aybni boşqa kişiga yuklamasligi lozim edi. Baʼzan esa öz xatti-harakatini oqlaş uçun boşqa bir kişini ham öşa işga şerik qilib körsatadi. Şu orqali öz qilmişiga uzr topişga intiladi.
Beşinçisi – özini köz-köz qiliş va boşqalar oldida ustunligini namoyon etiş istagidir.
Bunda inson boşqalarning kamçiligini körsatiş orqali öz mavqeini kötarişga harakat qiladi. Masalan: “Falonçi johil, uning tuşunçasi sayoz, fikrlaşi zaif, gaplari ham işonçsiz”, – deydi. Aslida esa uning maqsadi şu gaplar orqali özining fazilatliroq va bilimliroq ekanini körsatişdir. Yoki boşqalar öşa kişini özi kabi hurmat qilişlaridan xavfsirab, uning obrösiga putur yetkazişga urinadi.
Oltinçisi – hasaddir.
Baʼzan inson odamlar maqtaydigan, yaxşi köradigan, hurmat-eʼtiborga sazovor kişiga hasad qiladi. U hasadi kelgan kişidan bu neʼmatlarning ketişini istaydi. Biroq bunga erişişning boşqa yölini topa olmaydi va uning obrösiga putur yetkazişga kirişadi. Şu maqsadda odamlar orasida uning hurmatini tuşirişga, qadr-qimmatini yöqotişga va boşqalarning unga bölgan eʼtiborini kamaytirişga harakat qiladi.
Yettinçisi – öyin-kulgi, hazil-mutoyiba va vaqtni kulgi bilan ötkazişdir.
Bunda inson boşqalarni kuldiriş maqsadida biror kişining kamçiliklarini taqlid orqali tasvirlaydi va uning ustidan hazil qiladi. Bu xatti-harakatning zamirida köpinça kibr va özini boşqalardan ustun köriş kabi illatlar yotadi.
Sakkizinçisi – masxara qiliş va kamsitişdir.
Bunda inson boşqa kişini past köriş va uning qadr-qimmatini kamsitiş maqsadida ustidan kuladi. Bu holat kişi hozir bölgan paytda ham, uning yöqligida ham sodir bölişi mumkin. Bunday xatti-harakatning asosida kibr va masxara qilinayotgan kişini mensimaslik yotadi.
Ğiybatning kafforati
Ğiybat qilgan kişining zimmasidagi vazifa – qilgan işidan puşaymon böliş, tavba qiliş va sodir etgan gunohidan qattiq afsuslanişdir. Bu bilan u Alloh taoloning haqqiga taalluqli gunohdan xalos böladi. Şundan söng ğiybat qilingan kişidan rozilik söraşi va uning haqqini keçişini iltimos qilişi lozim. Bu orqali u öşa kişiga yetkazgan zulmidan qutuladi.
Rozilik sörayotganda çin dildan ğamgin, puşaymon va qilgan işidan afsuslangan holda bölişi kerak. Çunki riyokor kişi özini taqvodor qilib körsatiş maqsadida ham keçirim söraşi mumkin. Holbuki, uning qalbida aslo puşaymonlik bölmaydi. Bunday holatda u yana bir gunohni – riyoni sodir etgan böladi.
Hasan Basriy rahimahulloh şunday deganlar: “Ğiybat qilgan kişi uçun keçirim sörab duo qilişning özi kifoya, undan şaxsan rozilik söraş şart emas.”
Bu fikrga dalil sifatida quyidagi hadis keltirilişi mumkin:
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam şunday dedilar: “Özing ğiybat qilgan kişining haqqiga istiğfor aytişing ğiybatning kafforatidandir. “Allohim, bizni ham, uni ham mağfirat qilgin”, deb aytasan.” Bayhaqiy bu hadisni “Ad-Daʼavotul kabir” asarida rivoyat qilgan va “Bu hadisning sanadida zaiflik bor”, degan.
Mujohid rahimahulloh şunday deganlar: “Birodaringning göştini yeyişingga kafforat – uni maqtaş va uning haqqiga yaxşilik sörab duo qilişingdir.”
Ato ibn Abu Raboh rahimahullohdan ğiybat gunohidan qanday tavba qiliş haqida söralganida, u şunday javob bergan: “Ğiybat qilgan kişingning oldiga borib: “Men sen haqingda aytgan gaplarimda yolğon gapirdim, senga zulm qildim va senga nisbatan yomon iş tutdim. Agar xohlasang, haqqingni ol, xohlasang, meni keçir”, deb aytişing lozim.”
Bu masalada eng töğri qaraş şudir. Zero, bu haqda hadisi şarifda şunday deyilgan:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam şunday dedilar: “Kim birovning şaʼniga yoki biror narsasiga zulm qilgan bölsa, uni bugun – dinor va dirham ham bölmay qolişidan oldin – rozi qilib olsin. Agar solih amali bölsa, undan qilgan zulmi miqdorida olinadi; yaxşiliklari bölmasa, haq egasining yomonliklaridan olinib, bunga yuklatiladi.” Imom Buxoriy rivoyat qilgan.[3]
Demak, imkoniyat mavjud bölsa, ğiybat qilingan kişidan rozilik söraş zarur. Agar u kişi uzoqda bölsa yoki vafot etgan bölsa, uning haqqiga köp istiğfor aytiş, duo qiliş va savobli amallarni köpaytiriş lozim.
Agar: “Ğiybat qilingan kişining keçirişi şartmi?” deb söralsa, şunday javob beriladi: yöq, çunki keçiriş ixtiyoriy ravişda qilinadigan ehsondir. Ehson esa fazilatli amal bölib, majburiy emas. Biroq keçiriş va afv etiş maqtovga sazovor işdir.
Keçirim sörayotgan kişining odobi şuki, u ğiybat qilgan insonni maqtaşda, unga mehr-muhabbat körsatişda va könglini olişda astoydil harakat qilişi lozim. Bu işni uning qalbi yumşab, köngli taskin topguniça davom ettirişi kerak.
Agar şunga qaramay, uning köngli taskin topmasa ham, keçirim söraş va unga mehr-muhabbat körsatişning özi keçirim söragan kişi uçun savobli amal hisoblanadi. Bu savob Qiyomat kuni ğiybat tufayli sodir etilgan gunohning qarşisiga qöyiladi.[4]
Şokirjon domla Madaminov
“Kökaldoş” örta maxsus islom taʼlim muassasasi öqituvçisi
[1] “Mirqotul mafotih şarhu Mişkotil masobih”, Ali ibn Sulton Muhammad al-Qoriy. 9-juz, 116-bet.
[2] “Mirqotul mafotih şarhu Mişkotil masobih”, Ali ibn Sulton Muhammad al-Qoriy. 9-juz, 76-bet.
[3] “Sahihul Buxoriy”, 2449-hadis.
[4] “Ihyou ulumid-din”. Abu Homid Ğazzoliy. “Ön beşinçi ofat – ğiybat” mavzusi. 1033-bet.






