SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
26.11.2026 / Bo‘limda Yangiliklar

AJDODLAR ILMI — AVLODLAR QALBIDA: «ŞAMOILI MUHAMMADIYA» ASARI KÖKALDOŞ MADRASASIDA XATM QILINDI

Bugun Özbekiston musulmonlari idorasi«Kökaldoş» örta maxsus islom taʼlim muassasasida «Noyabr — hadis ilmlari fan oyligi» munosabati bilan Imom Termiziyning «Şamoili Muhammadiya» asarining xatmi kutub tadbiri ötkazildi.

Taʼlim muassasas öqituvçisi Avaz domla Jumaboyev boşçiligida 3-kurs talabalari mazkur asarni boşdan oxirigaça öqib, xatm qildilar.

Tadbirda muassasa öqituvçisi, Ulamolar kengashi aʼzosi J.Xolmöminov domla xatmi kutub haqida nutq qildi. Domla Payğambarimiz ﷺ ning siymosini bayon etgan asarni xatm qilişni ilm yölidagi katta muvaffaqiyat deb baholadi. Bunday ilm maskanlarining faoliyat yuritişi yurtimizda din hamda maʼrifatga, yoşlarimizning ilmli va axloqli bölib yetişiga berilayotgan yuksak eʼtibor samarasi ekanini aytdi.

Asar muallifi Imom Termiziy — Termiz zaminidan yetişib çiqqan, butun islom dunyosi tan olgan buyuk muhaddis, aziz ajdodimizdir. Uning Payğambarimiz ﷺ ning körinişi, axloqi va hayot tarzini bayon etgan bu asari asrlar davomida mötabar manba sifatida ilm ahli qölida bölib kelmoqda.

Xatm yakunida ustoz Avaz domla Jumaboyev tomonidan talabalarga ijoza berildi. Bu ustozdan şogirdga, şogirddan keyingi avlodga ötib kelayotgan ilm anʼanasining davomi bölib, talabalar uçun ham katta şaraf, ham ilm yölidagi yangi masʼuliyatdir.

Bugun Termiziy merosi yurtimizdagi ilm maskanlarida yana jaranglamoqda. Talabalarimizning ajdodimiz asarini ustoz rahbarligida öqib çiqişi ularda sunnatga muhabbat, ilmga çuqur yondaşuv va ustozga hurmat ruhini mustahkamlaydi.

Muassasa rahbariyati hamda ustozlarga talabalarga hadis ilmini singdirişda körsatayotgan saʼy-harakatlari uçun minnatdorçilik bildiramiz.

Alloh taolo ilm yölida körsatilgan bu mehnatlarni qabul etsin, talabalarimizning ilmini ziyoda, amalini baraka etsin!

Kökaldoş ÖMITM Matbuot xizmati

What you can read next

“Друзлар”
“Друзлар”
Болага вақтни қадрлашни ўргатинг!
Болага вақтни қадрлашни ўргатинг!
“Koʻkaldosh” islom bilim yurti vakillari kitob taqdimotida faol ishtirok etishdi
“Koʻkaldosh” islom bilim yurti vakillari kitob taqdimotida faol ishtirok etishdi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • BOBONING NABIRAGA MAKTUBI: BUTUN AVLODGA ÖGIT

  • Sarf darsligi böyiça yakuniy maşğulot: vebinar şaklidagi musobaqa

  • ANʼANAVIY ILM VA ZAMONAVIY USLUB UYĞUNLIGI:Kökaldoş madrasasida tafsir fanidan oçiq dars

  • Toşkent islom instituti talabalari Kökaldoş madrasasida amaliyot ötamoqda

  • Bağrikenglik – taraqqiyot va tinçlik poydevori: Kökaldoş mutaxassisi Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida maʼruza qildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP