Turkiya Respublikasining Karabük Universitetida tashkil etilgan ilmiy-amaliy malaka oshirish dasturi «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti professor-oʻqituvchilari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.



Dastur davomida ishtirokchilar universitetning taʼlim tizimi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, zamonaviy pedagogik yondashuvlari hamda xalqaro tajribalarni oʻrganish imkoniyatiga ega boʻldilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy seminarlar, tajriba almashish uchrashuvlari va taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishuvlar tashkil etildi.
Yakuniy tadbirda Karabük Universiteti rahbariyati professor-oʻqituvchilarning malaka oshirish dasturidagi faol ishtirokini yuqori baholab, ularning xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasini eʼtirof etdi



Tadbir soʻngida dasturda faol ishtirok etgan barcha professor-oʻqituvchilarga ilmiy-amaliy malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlaganliklarini tasdiqlovchi maxsus sertifikat (ishonchnoma) tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur malaka oshirish dasturi professor-oʻqituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish, ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrganish hamda Oʻzbekiston va Turkiya taʼlim muassasalari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash yoʻlida muhim qadam boʻldi. Olingan bilim va tajribalar kelgusida «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti taʼlim jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.


Bilim yurti talim sifati nazorati inspeksiyasi bosh mutaxasisi S. Saidakramov






