“Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida 23-sentabr kuni 3-kurs talabalari ishtirokida “Buyuk ajdodlarga ehtirom” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida buyuk mutafakkir va alloma, moturidiylik taʼlimoti asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy rahmatullohi alayhning hayoti, ilmiy faoliyati va boy maʼnaviy merosiga bagʻishlangan mahorat darsi oʻtkazildi.




Mahorat darsini Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassisi A. Yaxshilikov olib bordi. U allomaning islom aqidasi va kalom ilmi rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, moturidiylik taʼlimotining ilmiy-nazariy asoslari hamda bu merosning bugungi kundagi ahamiyati haqida atroflicha soʻzlab berdi.
Suhbat davomida talabalar taʼlimotning shakllanish tarixi va uning bugungi ilmiy-maʼrifiy hayotdagi oʻrni yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Mutaxassisning batafsil va mazmunli javoblari tadbirning qiziqarli va samarali oʻtishiga xizmat qildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarni buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur oʻrganishga undash, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularda ilmga qiziqish va izlanish koʻnikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Buyuk ajdodlar merosini oʻrganish — ilmiy tafakkur va maʼnaviy kamolot sari muhim qadamdir.
«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi






