9-may – “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida talabalarning jismoniy faolligini oshirish, doʻstlik va hamjihatlik tuygʻularini mustahkamlash maqsadida “Futbol bizni birlashtiradi” shiori ostida sport musobaqasi oʻtkazildi.






Mazkur futbol musobaqasi ikki kun davomida yuqori kayfiyatda, sogʻlom raqobat ruhida oʻtdi. Talabalar oʻz jamoalari bilan gʻalaba uchun kurashar ekan, oʻzaro hurmat, jamoaviylik va sportga boʻlgan mehrini namoyon etdilar. Bellashuvlarda har bir guruh gʻalabaga loyiq oʻyin namoyish etdi, tomoshabinlar esa har bir gol va harakatni qizgʻin olqishlar bilan kuzatib borishdi.
Musobaqa yakuniga koʻra quyidagi jamoalar sovrinli oʻrinlarni egalladi:
Faxrli birinchi oʻrin – 301-guruh jamoasiga nasib etdi.
Ikkinchi oʻrin – 103-guruh jamoasiga berildi.
Uchinchi oʻrin – 404 va 303-guruhlar jamoalari oʻrtasida boʻlib olindi.



Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindor jamoalarga tantanali tarzda kubok va esdalik sovgʻalari topshirildi. Tadbir ishtirokchilari va tomoshabinlar tomonidan iliq taassurotlar bilan yakunlandi. Bu kabi sport musobaqalari nafaqat jismoniy sogʻlomlik, balki birlik, birdamlik, doʻstlik va oʻzaro hurmat kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Saidazimxon SAIDAKRAMOV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi






