SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Bilim yurtida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi
03.12.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

Bilim yurtida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Fiqh va aqoidga oid ixtilofli masalalar yechimi” asari asosida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi. Musobaqa 3-kurs talabalari oʻrtasida tashkil etilib, jami 3 ta guruh (301, 302 va 303-guruhlar) faol ishtirok etdi.

Bilim yurtida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi (1)
Bilim yurtida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi (2)
Bilim yurtida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi (3)
Bilim yurtida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi (4)

Tadbir avvalida Qurʼoni karim tilovi bilan boshlandi. Soʻngra bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Maʼmurjon domla Erkayev soʻzga chiqib tadbirni rasmiy ravishda ochdi va musobaqaning maqsad hamda ahamiyatiga toʻxtaldi.

Bilim yurtida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi (5)
Bilim yurtida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi (6)
Bilim yurtida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi (7)

Mehmonlar sifatida Toshkent Islom instituti “Aqoid va fiqhiy fanlar kafedrasi” mudiri Soatmurod domla Primov hamda Fatvo markazi mutaxassisi Hikmatulloh domla Toshtemirov taklif etildi. Bilim yurti mudiridan keyin Hikmatulloh domla Toshtemirov kitob va mavzuning jamoat uchun qanchalik muhimligi, ixtilofli masalalarni ilmiy va adolatli asosda hal etishning ahamiyati haqida mazmunli soʻzlar bilan ishtirokchilarga murojaat qildilar.

Musobaqa uch bosqichdan iborat shart boʻyicha oʻtkazildi:

  1. Savol-javob — ilmiy va amaliy savollarga tizimli javoblar.
  2. Zakovat (intelektual oʻyin) — tezkor tafakkur va strategik fikrlashni talab qiluvchi bosqich.
  3. Tezkor savollarga tezkor javoblar — qatnashchilarning tez fikrlash va aniqlik darajasini sinovdan oʻtkazdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar oʻz bilimlarini faol namoyish etib, bellashuv juda qizgʻin va jozibador tarzda kechdi. Hakimlar hayʼati barcha jamoalarning bilim darajasini adolatli baholab, yakuniy natijalarni eʼlon qildi.

Musobaqa natijalari:
• I oʻrin — 303-guruh.
• II oʻrin — 302-guruh.
• III oʻrin (faxrli) — 301-guruh.

Gʻolib va ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi hamda barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildirildi. Tadbir yakunida ilmiy-maʼrifiy ruhdagi munozaralar va fotografiya suhbati bilan yakunlandi.

Bilim yurtida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi (8)
Bilim yurtida “Mazhabga ergashish — ummat birligi” nomli ilmiy-amaliy musobaqa oʻtkazildi (9)

Tashkiliy jihatdan tadbir muvaffaqiyatli oʻtdi: ilmiy asoslangan savollar, adolatli baholash va jamoaviy ruh — bularning barchasi musobaqaning mazmunini boyitdi hamda ishtirokchilarda hamjamiyat va ilmiy izlanishlarga boʻlgan qiziqishni oshirdi.

Saidakramov Saidazimxon
“Koʻkaldosh” OʻMIBY Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi uslubchisi

What you can read next

Қуръони карим ёшлар ҳақида нима дейди?
Пайғамбаримиз алайҳиссалом ёшлар ҳақида нима деганлар?
МАЛАКАВИЙ АМАЛИЁТ
“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртида давра суҳбати
Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi
Bilim yurtida mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP