Bugun, 4-dekabr kuni, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurtida bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori, (PhD) Erkayev Mamurjon domla boshchiligida 3-sonli mudarrislar kengashi boʻlib oʻtdi.










Yigʻilish Qurʼoni karim tilovati va uning ketidan qilingan xayrli duolar bilan boshlandi.
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Erkayev Mamurjon domla kirish soʻzi bilan kengashni ochib berdi va majlisga yigʻilganlarga Mudarrislar kengashining kun tartibi bilan tanishtirdilar. Erkayev Mamurjon domla bilim yurtida yaqin kunlarda boʻlib oʻtadigan attestatsiya jarayoniga barcha asosiy hamda soatbay mudarrislar va bilim yurti boʻlim boshliqlari puxta tayyorgarlik koʻrishlari, attestatsiyada qatnashish uchun kerakli hujjatlarni tartibga keltirish kerakligini aytib oʻtdilar.
Soʻng Mudarrislar kengashining kun tartibidan oʻrin olgan birinchi masala “Birinchi yarim yillik oraliq nazorat monitoringini tashkil etish va tahlil qilish” boʻlib, uni tahlili va tafsilotlarini Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari Nodir domla Djalolov kengashga yigʻilgan mudarrislarga yetkazdi. Undan tashqari kun tartibidan joy olgan “Yagona fanlar olimpiyada 1-bosqichini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish” masalasi ham koʻtarilib fan oʻqituvchilariga bitirivchi talabalar orasidan mazkur fan olimpiadasida qatnashish istagi boʻlganlarni saralab olish va ularga kerakli tavsiyalar berilishi kerakligi aytib oʻtildi.
Kun tartibidan joy olgan masala “Guruh rahbarlari faoliyati samaradorligining tahlili”ni “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi” boshligʻi A.Ganiyev guruh rahbarlariga oʻzlari rahbarlik qilayotgan talabalarning odob-axloqi, tartib-intizomga rioya qilishlari hamda talabalarning ota-onalari bilan yaqin aloqa oʻrnatib, ular bilan hamkorlikda ishlab, ularni farzandlarining holatidan xabardor qilish kerakligi haqida tavsiya berdi.
Yigʻilish yakunida bilim yurti mudarrisi Karimov Toʻlqinjon domla majlis qatnashgan barcha jamoa ahliga gʻoyatda masʼuliyatli, ammo sharafli vazifalarini toʻlaqonli amalga oshirishlarida Yaratgandan kuch-quvvat, salomatlik va omadlar tiladi va xayrli duolar qildi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati






