SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev “Nazarbek” talabalar turar joyiga tashrif buyurdi
04.10.2025 / Bo‘limda Yangiliklar

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev “Nazarbek” talabalar turar joyiga tashrif buyurdi

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev «Nazarbek» talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Unga Maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha mudir oʻrinbosari Abdulvosi domla Gʻaniyev hamrohlik qildi.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev “Nazarbek” talabalar turar joyiga tashrif buyurdi (1)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev “Nazarbek” talabalar turar joyiga tashrif buyurdi (2)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev “Nazarbek” talabalar turar joyiga tashrif buyurdi (3)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev “Nazarbek” talabalar turar joyiga tashrif buyurdi (4)

Bilim yurti mudirining tashrifidan maqsad, talabalar turar joyida yoshlar uchun darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish, amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirish va kelgusida talabalar boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish uchun bajarilishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilashdan iborat boʻldi.

Tashrif davomida Mudir domla talabalar yashaydigan xonalarni koʻzdan kechirdi. U yerda istiqomat qilayotgan talabalar bilan suhbatlashib, uy vazifalarini bajarish, boʻsh vaqtlarida sport bilan shugʻullanish, kitob mutolaa qilish uchun yaratilgan sharoitlar haqida oʻz fikrlarini bildi. Shuningdek, u talabalarning sharoitlarni yanada yaxshilash borasidagi taklif va istaklarini ham tingladi.

Maʼmurjon domla Erkayev tashrif davomida turar joydagi kutubxonaga alohida toʻxtaldi. U kutubxonaning talabalar maʼnaviy-maʼrifiy hayotida tutgan oʻrnini yuqori baholab, bu maskan faqatgina darsliklar saqlanadigan joy emas, balki talabalarning boʻsh vaqtini samarali oʻtkazish, dunyoqarashini kengaytirish va ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kerakligini taʼkidladi. Kutubxonaning mavjud fondi bilan tanishar ekan, u ilmiy, diniy va maʼnaviy-maʼrifiy adabiyotlar bilan bir qatorda, badiiy asarlar sonini koʻpaytirish lozimligini qayd etdi. Ayniqsa, klassik va zamonaviy adabiyotlar, dunyo va oʻzbek adabiyoti namunalari, tafsir va hadis kitoblari, shuningdek, yoshlar tarbiyasiga xizmat qiladigan ilmiy-ommabop nashrlarni jamlash boʻyicha tavsiyalar berdi.

Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev “Nazarbek” talabalar turar joyiga tashrif buyurdi (5)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev “Nazarbek” talabalar turar joyiga tashrif buyurdi (6)
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev “Nazarbek” talabalar turar joyiga tashrif buyurdi (7)

Tashrif yakunida, mudir talabalar uchun yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va ayniqsa, kutubxona faoliyatini yanada jonlantirish orqali ularning maʼnaviy olamini boyitish uchun zarur vazifalarni belgilab berdi.

SaidAzimxon Saidakramov
Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi

What you can read next

Bitiruvchi kurs talabalari ishga taqsimot qilindi
Bitiruvchi kurs talabalari ishga taqsimot qilindi
Talabalar bilan uchrashuv
Talabalar bilan uchrashuv
Янги китоблар кўргазмаси бўлиб ўтди
Янги китоблар кўргазмаси бўлиб ўтди

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP