Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti 1 kurs talabasi Abdumalikov Rahmatulloh Alfraganus universiteti tashkilotchiligida oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. “Uchinchi renessans poydevorini yaratishda Yusuf Xos Hojib falsafiy merosining ahamiyati” mavzusida oʻtkazilgan ushbu tadbirda R.Abdumalikov oʻzining “Yusuf Xos Hojib ilmiy merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati” mavzusida yozgan maqolasi bilan qatnashib nutq qildi.

Anjuman davomida 10 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda Oʻzbekistonning turli oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirokida samarali ilmiy muloqot va tajriba almashinuvi boʻlib oʻtdi. Yusuf Xos Hojibning boy merosi yangi talqinlarda muhokama qilinib, zamonaviy jamiyatga taʼsiri, zamonaviy taʼlim va tarbiya jarayonidagi oʻrni, falsafiy qarashlarining dolzarbligi chuqur tahlil etildi.
KOʻKALDOSH OʻRTA MAXSUS ISLOM BILIM YURTI MATBUOT XIZMATI






