Kecha boʻlib oʻtgan saylovlarda kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik Kengashi Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Sami Abdulkarim Al-Maniya “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurtiga tashrif buyurdi.








Mehmonni bilim yurti mudiri Maʼmurjon domla Erkayev kutib oldi. Tashrif davomida madrasa tarixi, bilim yurtidagi oʻquv jarayonlari, axborot resurs markazi faoliyati hamda madrasadagi hunarmandlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati





