Kecha, 7-fevral kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Soliq inspeksiyasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda «Koʻkaldosh» oʻrta-maxsus islom bilim yurti oʻqituvchisi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO kafedrasi doktoranti R.Saidjalolov mavzu yuzasidan maʼruza qildi.




Uchrashuv davomida yoshlarni jamiyatga zid boʻlgan yot gʻoyalardan asrash, turli ekstremistik guruhlar taʼsiriga tushib qolishlariga yoʻl qoʻymaslik, farzandlarni Vatanga muhabbat tuygʻusida voyaga yetkazish zarurligi haqida soʻz yuritildi. Shuningdek, vijdon erkinligi hamda diniy bagʻrikenglik kabi tushunchalarining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi.
Tadbir soʻngida, qatnashchilar tomonidan ijtimoiy, aqidaviy hamda mazhabsizlikning salbiy oqibatlariga doir berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Matbuot xizmati






