SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
“SAHIHI MUSLIM” ASARINING “MUQADDIMA” QISMIDA KELTIRILGAN SHARTLAR TAHLILI
27.06.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

“Sahihi muslim” asarining “muqaddima” qismida keltirilgan shartlar tahlili

Imom Muslim asarni taʼlif etishdan oldin kitob avvaliga joylagan “Muqaddima”si oʻziga xos ilmiy uslubga ega boʻlib, muallifning qadr-qimmati va hadis ilmida tutgan oʻrni haqida xabar beradi. Bu muqaddima “Sahih”ga soʻzboshi shaklida yozilgan boʻlsa-da, ulamolar unga alohida asar sifatida qarab, tadqiq va sharhlar yozishgan. “Sahihi Muslim” oʻzining muqaddimasi bilan boshqa asarlardan, jumladan, “Sahihi Buxoriy”dan ham ajrab turadi.

Ushbu muqaddima sof ilmiy muqaddima boʻlib, bunda muallif asarning yozilishiga sabab boʻlgan omillarni aytgan, asarning oʻziga xos jihatlari haqida soʻz yuritgan, hadis ilmiga oid qimmatli maʼlumotlarni keltirgan. “Sahih”ni jamlashda oʻzi qoʻygan shartlarni va bu shartlarning asoslarini zikr etadi, roviylarning martabalarini, rivoyatga tegishli qoidalar va boshqa maʼlumotlarni taqdim etgan. Biroq muallif muqaddimani yozishda tushunish qiyinroq boʻlgan, murakkab uslubni tanlagan, matnni tahrir qilib, ishlov berib oʻtirmagan. Undagi ayrim jumlalardagi takrorlar, baʼzi jumlalar oʻta qisqa, grammatik qiyoslarga boʻysunmagan holda keltirilgan.

Endi ushbu muqaddimada keltirilgan mavzular bilan tanishsak, binobarin, ushbu mavzular orqali biz Imom Muslim “Sahih” asarini jamlashda qoʻllagan uslublarini qisqacha tanishib oʻtamiz:

  • Muallif asarni yozish sabablarini keltiradi;
  • Sahihda qoʻllagan shartlarni bayon qiladi;
  • Aybli deb topilgan roviylarning hadislarini keltirishdan chetlanishi;
  • Sahih hadislarni ajratib olish va ularni rivoyat qilishga eʼtibor qilish va zaif, munkar hadislarni rivoyat qilishni tark etish sababi bayoni, buning Kitob va Sunnatdan vojib ekaniga dalillar;
  • Har eshitgan hadisini rivoyat qilaverishdan qaytarish, rivoyatdagi ehtiyotkorlik, hadislar orasiga yolgʻon hadislar kirib qolgani tufayli faqat siqalardan rivoyat qilish;
  • Hadisni faqat uning ahlidan olish, isnod dindan ekani bayoni;
  • Agar roviydagi sahihlik tomoni ortiq kelsa, taraddudsiz buning sababini zikr etish lozimligi;
  • Isnod dindan ekani, rivoyat ishida qattiqqoʻl boʻlish zarurati, sobit boʻlmasidan oldin rivoyatni qabul qilishdan qaytarish, zaiflardan rivoyat qabul qilishda oʻta ehtiyotkor boʻlish vojibligi;
  • Muʼanʼan hadis bilan hujjatlanish sahihligi bayoni, sharti shuki, faqatgina roviy va rivoyat qabul qiluvchi oʻrtasida koʻrishish imkoni boʻlganining oʻzi boʻlsa ham. Ular oʻrtasidagi koʻrishish sobit boʻlganini shart qiladigan, zamondoshlik bilan kifoyalanmaydiganlarga raddiya;

Ushbu qoida va usullarga Imom Muslim oʻzining “Muqaddima”sida yuzlanadi va ularni dalil va hujjatlar bilan batafsil bayon qiladi, xilof qilganlarga oʻz oʻrnida raddiyalar beradi.

Imom Muslim Muqaddimada shartlarini ochiq zikr qilmaydi, lekin ulamolar asar ichidan ularni tartiblab, sharhlab kitoblar bitishgan. Quyida ulardan eng ahamiyatlilarini zikr qilamiz:

  1. “Al-iyjaz va al-bayan li sharhi Xutbati Muslim”. Muhammad ibn Ahmad Tujibiy (v. 1135).
  2. “Sharh Xutbati Muslim”. Ahmad ibn Muhammad Qastaloniy (v. 1517).
  3. “Sharh Muqaddima Sahihi Muslim”. Muhammad ibn Yahyo ibn Abu Bakr ibn Xalaf (v. 1070).
  4. “Al-Bahr al-mavvaj”. Abdulloh Gʻoziyfuriy.
  5. “Niʼmat Al-Munʼim sharhi Muqaddima Sahihi Muslim”. Neʼmatulloh Aʼzamiy.

“Sahihi Muslim”ning tartibi va uslubi koʻpchilik Islom ulamolari tomonidan koʻp maqtovlarga sazovor boʻlgan. Buning sababi shuki, kitobda bir mazmundagi hadislar koʻp boʻlsa, ularning hammasi bir joyga jamlangan boʻlib, avval ularning sanad hamda mazmun jihatdan eng oliysi keltiriladi, soʻng boshqa rivoyatlarning qoʻshimcha va farqli joylari, agar bular boʻlmasa, sanadning oʻzi beriladi. Bundan maqsad – ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, bir mazmundagi hadislarni toʻliq takror keltirmaslik va ayni paytda sanadlarning oʻzini keltirib, bu bilan hadisning ishonchliligini oshirishdir. Bunda muallif faqat sanadning oʻzini keltirib, «…hadis xuddi oʻshanday», deyish bilan kifoyalanadi.

Baʼzan sanaddan tashqari juzʼiy farqlar koʻrsatilgan boʻlsa, yangi sanad berilgan boʻladi. Masalan:

۳۸۲۷ – حدثنا إسحاق بن إبراهيم، حدثنا روح بن عبادة، حدثنا ابن جريج، الحبرني أبو الزبير، أنه سمع جابر بن عبد الله، يقول: نهى رسول اللہ ﷺ، بمثله، غير أنه لم يذكر: من التمر في آخر الحديث .

3827. Bu yuqoridagi hadisning boshqa sanad bilan qilingan rivoyati boʻlib, unda hadis oxiridagi “xurmo” soʻzi aytilmagan.

Hadislarning sanadini berishda bir sanaddan ikkinchi sanadga koʻchib oʻtish, uslubi bor boʻlib, istilohda “tahvil” deb ataladi. Bunda bir roviydan ikki yoki undan koʻp roviylarning naql qilgani aytilmoqchi boʻlsa, ammo oʻsha roviydan yuqoridagi sanad bir xil boʻlsa mazkur roviygacha boʻlgan sanad zikr qilinib, maxsus belgi (ح harfi) qoʻyilib, ikkinchi sanad keltiriladi. Ikki va undan ortiq sanadlar uchun ham mazkur belgi qoʻyilib, keyin ularni jamlovchi roviydan yuqoridagi sanad koʻrsatiladi. Bundan maqsad sanadni ixchamlashtirishdir.

Misol uchun, Ibn Shihob Zuhriydan Sufyon ibn Uyayna, Yunus va Solih rivoyat qilgan boʻlsa, Imom Muslim oʻz shayxidan tortib, mazkur uch roviygacha boʻlgan sanadni birma-bir berib, uchalasini Zuhriyda jamlaydi-da, keyin uning yuqorisidagi sanadni keltiradi.

Imom Muslim Muqaddimada shunday deydi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbat berilgan xabarlarga murojaat qilib, ularni uch qismga, roviylarni ham uch tabaqaga ajratamiz”. Bundan koʻrinib turibdiki, hadislarning uch turga boʻlinishi, hadislarni keltirishda roviylarining darajalari hisobga olingan. Bunda roviylarni toʻrt tabaqaga: avvalgi uch tabaqa sohiblarining hadislarini turli shartlar asosida qabul qilgani, toʻrtinchi tabaqa vakillarini turli illat va sabablar tufayli hadislarini olmaganini bayon qiladi.

“Qoʻshimcha maʼnosi borligi uchun yoki illatli sanadni quvvatlaydigan sanadi borligi uchun bir hadisni qayta keltirish zarurati boʻlmasa, takrorlash yoʻq”, yaʼni Imom Muslim boshqa hadis kitoblarida, jumladan, Sahihi Buxoriyda takror hadislarni keltirishdan voz kechib, yangicha uslub qoʻllamoqda, u ham boʻlsa, takror kelayotgan hadisning qoʻshimcha maʼnosi boʻladigan boʻlsa, qayta keltirildi, “Zotan, hadisdagi kerakli qoʻshimcha maʼno toʻliq bir hadisning oʻrniga oʻtadi”. “… yoki oʻsha maʼnoning oʻzini, imkoni boʻlsa, hadisdan ajratib, muxtasar qilib keltirish lozim”. Yoki illatli sanadni quvvatlaydigan jihati boʻlsa ham qayta keltirildi. Bunday jihatlar mavjud boʻlmasa, hadislar takror keltirilmaydi.

  “Lekin baʼzida uni hadisdan ajratib olish qiyin boʻladi. Bunday hollarda uni toʻlagigicha keltirgan maʼqul. Hadisni toʻliq keltirmaslik iloji boʻlsa, inshaalloh, keltirmaymiz”.

“Birinchi qismda boshqa hadislarga qaraganda turli illatlardan xoliroq xabarlarni keltirishni maqsad qilamiz, chunki ularni naql qilganlar hadisda istiqomat ahlidirlar, naqllarida puxtadirlar”. Imom Muslim hadislarni rivoyat qilishda va ularni hadis kitoblarida zikr qilishda muhim va oʻziga xos yoʻnalishni aytmoqda. Buning uchun roviylarni tabaqalarga boʻlish orqali hadislarni sahih va zaifga boʻlish, baʼzida mardud turkumiga kirgizish mumkin. Birinchi tabaqa vakillari ahli siqa, zabtlari mukammaligi bilan hadis ulamolari orasida maʼlum va mashhurdir. Ular Mansur ibn Muʼtamir, Sulaymon Aʼmash va Ismoil ibn Abu Xoliddirlar.
Shavkat Kamolov

«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti mudarrisi

What you can read next

Zahar
Koʻzgu
Рўза нияти
Рўза нияти
Буюк муҳаддиснинг шонли ҳаёти ва фаолияти
Буюк муҳаддиснинг шонли ҳаёти ва фаолияти

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP