SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Zahar
21.01.2023 / Bo‘limda Hadis, Maqolalar

Koʻzgu

Hikoyalarda aks etgan “qirq hadis”.
Farzandlarimiz uchun…
5-hadis

Kunlardan bir kuni bosh vazir bir necha aʼyonlari bilan bozor rastalarini aylangani chiqdi.  Aylanib yurish asnosida u qul bozoriga ham kirib koʻrishni xohlab qoldi. Bu bozorda ozodligidan mahrum boʻlgan bechora qullar sotilar edi. Vazir qullarni yaxshilab koʻzdan kechirish uchun  ularga yaqinroq joyga bordi. Shunda yoshi ulugʻ qullardan biri unga qarata: “Xojam, sallangizda dogʻ bor ekan”, – dedi. Vazir sallasini yechib qoʻliga oldi. Keksa qul hak ekan. Chindan ham vazirning sallasida dogʻ bor edi. Demak vazir kun davomida shu dogʻ bilan yurgan ekanu, yonidagilarning birortasi buni aytmabdi. Vazir bundan qattiq gʻazablandi.  Soʻngra  atrofidagi aʼyonlariga: “Sizlar shuncha vaqt men bilan birga  boʻlsangiz ham shu holatda yurishimga koʻz yumdingizmi? Sallamdagi dogʻni koʻra turib sukut saqladingizmi?!”- dedi ranjigan holatda. Va yana gapida davom etib: “Oddiygina bir qul men uchun haqiqiy doʻst boʻlib chiqishini tasavvur ham qilmagandim. Endi esa  doʻstim qul boʻlishiga aslo rozi boʻlmayman, darhol uni sotib olinglar va ozod qilinglar!” – dedi. Soʻngra vazir bu voqea insonlarni yodida saqlanib qolishi uchun katta bir qogʻozga Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning: “Moʼmin moʼminning oynasidir”, degan hadislarini yozishga va uni jamoat joylariga oʻrnatib qoʻyishga buyurdi.

Chindan ham Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning ushbu hadislariga amal qilish moʼminlar uchun naqadar  foydali!

(المؤمن مرآة المؤمن)
“Moʼmin moʼminning koʻzgusidir”.
Oxunjon AHMEDOV tarjimasi
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi

What you can read next

Тафсири Нобулсий: “Фалақ сураси” тафсири
Намоз ва уни Исломда тутган ўрни
Намоз ва уни Исломда тутган ўрни
Kechirimli boʻlish va bagʻrikenglik: Qalblarni yaqinlashtiruvchi yuksak fazilat

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP