SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Alloh va Rasulining arsloni (Asadulloh)
09.02.2023 / Bo‘limda Maqolalar

Alloh va Rasulining arsloni (Asadulloh)

Islom dini endi kurtak yoza boshlagan, Rasuli Akram sallallohu alayhi vasallam daʼvatni maxfiy olib borayotgan kunlar edi. Odamlar, asosan qullar, yetimlar, xizmatkorlar, hammollar kabi quyi tabaqadagilar, ota-bobolari amal qilgan dinni tark etib, asta-sekin islomga kirishardi. Qurayshning kattalari esa islomga kirishlarini man qiladigan narsalar sababli yangi dinni qabul qilgilari kelmas, lekin ularning orasida bu narsalarga eʼtibor bermasdan islomga kirayotganlari ham bor boʻlib, ular islomni haq din ekaniga, paygʻambarimiz Muhammad Sallallohu alayhi vasallamni Allohning chin rasuli ekanligiga iymon keltirishardi. Shunday insonlardan biri Rasululloh (sav) ning amakilari va emikdosh birodarlari boʻlmish Hamza ibn Abdul Muttalibdir.

Hamza roziyallohu anhu Islom dini paygʻambarimizga Jabroil alayhissalom tomonidan vahiy qilib tushirilgan paytda iymon keltirmadi, lekin paygʻambarimizga dushmanlik ham qilmadi. U shijoatli edi, kuchli edi, zulmni yomon koʻrar edi, vaʼdasiga vafo qilar edi. Imom Tabaroniy oʻzining «Kabiri» asarida shunday yozadi: “Qiyomat kunida Alloh taoloning oldida shahidlarning sayyidi va sharaflisi  Hamza Abdulmuttalibdir”.

Hamza Muhammad (sav)ni goʻdakligidan eng yaxshi biluvchi zot edi. U jiyanini xuddi oʻzini tanigandek, balki undan-da ziyoda tanir edi.

Kunlarning birida Hamza ovdan qaytayotib, odatiga koʻra, tavof qilish uchun Kaʼba tomon yoʻl oldi. Kaʼba yaqinida Abdulloh ibn Shudʼonni uchratdi. Abdulloh unga jiyani haqidagi xabarni yetqazdi: “Ey Abu Umora, agarda jiyaning Muhammadga hozirgina Abu Hakam ibn Hishomdan yetgan ozorni koʻrganingda edi. Uni Kaʼba yonida koʻrib qolib, soʻkib haqoratlab qattiq ozor berishdi”. Soʻngra Abu Jahlning qilmishlarini ham aytib berdi. Hamza uning soʻzini diqqat bilan tingladi, biroz sukut saqlab, soʻngra kamonini yelkasiga osdi-da, shaxdam qadamlar bilan Kaʼba tomon ketdi. Borib qarasa, Abu Jahl bir guruh Quraysh zodagonlari orasida oʻtiribdi. Hamza (r.a) indamay Abu Jahlning yoniga kelib, kamoni bilan uni boshiga bir tushirdi. Abu Jahlning boshi qonab ketdi. Oʻtirganlar dahshatdan qotib qolishdi.

 – Hali sen Muhammadni haqorat qildingmi? Bilginki, men ham uning dinidaman. U aytgan soʻzni men ham aytaman. Agar qodir boʻlsang, menga javob qaytar!

Zodagonlar endi Abu Jahlning boshidan oqayotgan qondan emas, balki Hamzaning aytgan soʻzlaridan lol boʻlib qolishdi. Axir, Hamza (r.a) Muhammad (sav)ning diniga kirganini ochiq-oshkora aytayotgan edi-da!..

Olamlar Robbisi boʻlgan Alloh taʼolo Hamza roziyallohu anhu bilan Islomni aziz qildi. U kuchli gʻurur bilan Rasululloh (sav) va u Zotning zaif asʼhoblarini himoya qila boshladi. Abu Jahl Hamzani musulmonlar safida koʻrgach, urushdan qochishning hech ham chorasi yoʻqligini tushunib yetdi. Soʻngra Quraysh mushriklarini Rasululloh bilan u kishining asʼhoblariga aziyatlar yetkazishga gij-gijlay boshladi. Tabiiyki, Hamza musulmonlarga yetadigan barcha aziyatlarni qaytara olmasdi, lekin shunga qaramay, uning islomga kirishi musulmonlar uchun himoya va qalqon boʻldi. Hamza roziyallohu anhudan keyin Umar ibn Hattob roziyallohu anhu Islom dinini qabul qildi va bundan ruhlangan koʻpgina qabilalar guruh-guruh boʻlib Islomni qabul qila boshlashdi.

Hamza (r.a) iymon keltirganidan keyin butun kuch-quvvati va hayotini Alloh va uning diniga bagʻishladi. Hatto Nabiy (sav) uni  Asadulloh  (Alloh va Rasulining arsloni)  degan buyuk nom bilan mukofotladilar.

Musulmonlar dushman bilan toʻqnashgan birinchi jangda Hamza qoʻshin amiri vazifasini bajardi. Rasululloh (sav) musulmonlarga tutqazgan bayroqning ilk sohibi ham Hamza (r.a) edi. Ikki qoʻshin toʻqnashgan Badr jangida Alloh va Rasulining arsloni buyuk jasoratlarni koʻrsatdi.

Jangda yengilgan mushriklar magʻlubiyatdan alamzada boʻlgan holda qolgan qoʻshinlar bilan Badrdan Makkaga qaytishdi. Abu Sufyon ham boshini egib, qalbida qoʻrquv bilan Makkaga kirib keldi. Chunki u jang maydonida Quraysh boshliqlarining eng ulugʻlaridan boʻlmish Abu Jahl, Utba ibn Robia, Shayba ibn Robia, Umayya ibn Halaf, Uqba ibn abi Muayt, Asvad ibn Abdul Asad, Al Mahzumiy, Valid ibn Utba, Nazr ibn Xolis, Os ibn Sayid, Tama ibn Adi va oʻnlab qurayshning dovyurak yigitlarini qoldirib kelayotgan edi. Quraysh bu magʻlubiyatni osonlik bilan qabul qila olmay, qaytadan oʻch olish uchun butun kuch quvvati va mol-mulkini toʻplab, musulmonlarga qarshi urush qilishga tayyorgarlik koʻrdi. Quraysh Abu Sufyon boshchiligida butun urugʻ-aymoqlari va arab qabilalari orasidagi yaqin kishilari bilan Uhudga kelishdi. Bu jangda asosan ikki kishini nishon qilib olishgan edi. Ular Rasuli akram (sav) va Hamza (r.a) edi. Mushriklar urushdan avval Hamzani oʻldirish uchun bir kishini tanladilar. U Habashiy qul boʻlib, nayza otish bobida yuksak mahorat egasi edi. Ular bu qulning jangdagi vazifasi faqatgina Hamzani “ovlab”, nayzasi bilan uni qatl qilishidan iboratligini uqtirib, urush taqdirining qanday boʻlishiga qaramay, oʻz vazifasidan sira ogʻishmasligini buyurishdi. Buning evaziga esa juda ulugʻ mukofot, yaʼni ozodlikni vaʼda qilishdi. Bu kishining ismi Vahshiy boʻlib, Jubayr ibn Mutʼamning quli edi. Jubayrning amakisi Badr kuni halok boʻlgandi.

Vahshiyni Hamzani daf qilishga gij gijlashni Abu Sufyonning xotini Hind bintu Utbaga topshirishdi. Hind Badr jangida otasi akasi va oʻgʻlini yoʻqotgan edi. Unga: Hamza shularning baʼzilarini oʻldirib, baʼzilarini esa oʻldirishga koʻmaklashgan, deb xabar berishgandi. Hind jangga chiqishdan bir necha kun ilgari butun yumushlarini yigʻishtirib, faqatgina vahshiyning qalbini Hamzaga nisbatan adovat va gʻazabga toʻldirish bilan mashgʻul boʻldi.

Davomi bor….

Asadulloh Niyozaliyev
«Koʻkaldosh» OʻMITM 1-kurs talabasi

What you can read next

Ёшларни мутаассиблик ғояларидан сақлайлик
Ёшларни мутаассиблик ғояларидан сақлайлик
Салафларимизнинг Қуръонга бўлган муҳаббати
Салафларимизнинг Қуръонга бўлган муҳаббати
Ёшлар масалалари ислом нигоҳида

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP