Avval xabar berganimizdek, Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida futbol, voleybol, shaxmat va stol tennisi sport turlari boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Uch kun davomida saytimiz va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali mazkur musobaqalar haqida siz aziz obunachilarimizga maʼlumotlar yetkazib turdik. Bugun Nazarbek talabalar turar joyida voleybol va stol tennis sport turlari boʻyicha final uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Barcha sport turlari boʻyicha musobaqalar murosasiz kechdi va gʻoliblar aniqlandi.



Futbol boʻyicha musobaqada 3-kurs jamoasi birinchi oʻrin egalladi. Voleybol sport turida 2-kurs jamoasi birinchi oʻrin egallashdi.




Stol tennis boʻyicha 1 – kurs talabasi Berdirosulov Shaxboz birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa shaxmat
boʻyicha esa 2-kurs talabasi Amirov Lochin egalladi.


Gʻoliblarga taʼlim muassasasi tomonidan tayyorlangan diplomlar va esdalik sovgʻalari topshirildi. Musobaqadan soʻng ustozlar va talabalar uchun ziyofat dasturxoni yozildi.

Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi matbuot xizmati






