




Bugun talabalarga Kökaldoş örta maxsus islom ta’lim muassasasi öqituvçisi, tarix fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) B.Qurbonov tomonidan Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği haqida infografik ma’lumot taqdim etildi. Unda bayroqning qabul qilingan tarixiy kuni, öşa davrdagi siyosiy va ma’naviy holat, bayroqdagi ranglar hamda oy va yulduzlarning ramziy ma’nosi batafsil yoritib berildi.
Şuningdek, talabalar Özbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi 407-XII-sonli Qonuni bilan yaqindan taniştirildi.
Taqdimot orqali talabalarning davlat ramzi haqida çuqur nazariy va amaliy bilimga ega bölişi, milliy qadriyatlarga mehr hamda yurt ravnaqiga daxldorlik tuyğusining yanada mustahkamlanişi közlandi. Mazkur jarayonda talabalarning faol iştiroki hamda ularning bu qonunni qançalik bilişini körsatib berişi közlangan maqsadga erişişda muhim omil böldi.
Kökaldoş ÖMITM Matbuot xizmati





