13. Savol: Ramazon oyida bir roʻzador kishining unutgan holda ichayotgani yoki taomlanayotganini koʻrgan kishi nima qilishi kerak boʻladi?
Javob: Bu holatda roʻzadorni ogohlantirishi lozim, chunki u unutgan holda yegan yoki biror ichimlik ichgani sababli gunohkor boʻlmasa va roʻzasi ochilmasa-da, qilayotgan ishining koʻrinishi voqelikka ziddir. Shu sababdan unga xushmuomalalik bilan roʻzador ekanligi eslatilib qoʻyiladi.
14. Savol: Ramazon oyida qasddan va oshkora yeb-ichayotgan kishini koʻrsa nima qilish kerak boʻladi?
Javob: Mazkur holatdagi kishini qilayotgan ishi bu ulugʻ oyda toʻgʻri emasligini tushutiriladi va undan qaytariladi. Agarda uning yomonligidan xavf qilinadigan boʻlsa qalbi bilan rad qilishga harakat qiladi. U bilan birga oʻtirilmaydi. Unga gapi oʻtadigan kishidan qilayotgan ishini qaytarishi uchun koʻmak soʻraladi.
15. Savol: Qanday kasallik roʻzani ochishga sabab boʻladi?
Javob: Agar roʻzani ochmasa, tibbiy jihatdan ahvolini ogʻirlashtiradigan yoki tuzalishi choʻzilib ketishiga sabab boʻladigan kasalliklardir.
16. Savol: Agar biror kishi tuzalishi umid qilinmaydigan kasallik bilan ogʻrigan boʻlsa unga roʻza tutish zarur boʻladimi?
Javob: Bunday kasallik bilan ogʻrigan bemorlar roʻza tutmaydilar, balki fidya (yaʼni roʻzaning har bir kuniga bugʻdoydan ikki kilogrammga yaqin, arpadan toʻrt kilogrammga yaqin miqdorni yoki ularning qiymati)ni miskin yoki faqirga berishlari vojib boʻladi.
17. Savol: Qandli diabet, yurak ogʻrigʻi, qon bosimi, buyragi ogʻriydiganlar va oshqozon yarasi va shu turdagi boshqa kasalliklarga chalingan bemorlarning roʻza tutishi qanday boʻladi?
Javob: Mazkur bemorlar roʻza tutishdan ojiz boʻlsalar, roʻzani ochadilar. Ularga fidya berish vojib boʻlib, qazosini tutmaydilar. Ammo Ramazon oyining baʼzi kunlarida roʻza tutishga qodir boʻlib qolsalar, oʻsha kunlarni tutib qolganini Ramazon oyidan keyin qazosini tutib beradilar. Bu halotda fidya berish lozim boʻlmaydi. Baʼzi bemorlar yoz faslining issiq va uzun kunlarida roʻza tutishlari qiyin boʻladi, ammo qishning qisqa kunlarida roʻzaga qodir boʻlishadi. Bu holatda ular roʻzani ochib, imkon topganda qazosini tutib beradilar, ammo fidya bermaydilar.
Iordaniya bosh fatvo boshqarmasi manbalari asosida Mirzaev Kamoliddin tayyorladi. (davomi bor)






