Bugun 12-iyun kuni «Ko’kaldosh» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida peshin namozidan so’ng bilim yurti talabalari tomonidan tayyorlangan o’nta xatmi Qur’on hamda salovotlar tugatilib, yurt tinchligi, dinimiz, millatimiz ravnaqi yo’lida xizmat qilib o’tgan barcha vatandoshlarimiz hamda hozirgi kunda ushbu yo’lda say-harakat qilayotgan yurtboshimiz, Din ishlari bo’yicha Qo’mita, O’zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati va boshqa mutasaddilar haqqiga duoyi-xayrlar qilindi.