SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Никоҳда эрнинг ҳуқуқлари
02.06.2025 / Bo‘limda Axloq va tarbiya, Maqolalar

Ayolning eridagi huquqlari: Nafaqa masalasi

Bu – ayolning eridan boʻlgan ikkinchi huquqidir. Ayol oʻzini, erini yoki oʻz oilasidagi biror kishini taʼminlash bilan masʼul emas, hatto u boy boʻlsa ham. Islomda oilani taʼminlash vazifasi faqat erga yuklatilgan, hatto er moliyaviy qiyinchilikda boʻlsa ham. U ishlashi, daromad topishi va xotiniga, farzandlariga hamda qaramogʻidagi odamlarga nafaqa berishi kerak. Alloh taolo shunday deydi: “Erkaklar ayollar ustidan boshqaruvchidirlar, chunki Alloh ularning baʼzilarini boshqalaridan afzal qilgan va ular (erkaklar) oʻz mol-mulklari bilan (ayollarni) taʼminlaganlaridir”. Shuningdek, yana Alloh taolo aytadi: «Farzand tugʻilgan otaga (yaʼni erga) ularning (ayollarning) roʻzgʻori va kiyim-kechagi maruf (urfu odatga mos) tarzda lozimdir” (Baqara: 233 oyat).

Nafaqa deganda uy-joy, kiyim-kechak, ovqat-ichimlik va hayot uchun zarur boʻlgan barcha ehtiyojlarning taʼminlanishi tushuniladi. Nafaqaning miqdori erning moliyaviy holatiga qarab – boy yoki kambagʻalligiga – belgilanadi. Alloh taolo bu haqda shunday degan:

“Keng holga ega kishi moliyaviy imkoniga yarasha nafaqa bersin, rizqi tor boʻlsa, Alloh unga berganidan bersin. Alloh hech bir jonni faqat unga bergan narsasigagina masʼul etadi. Alloh tanglikdan soʻng kenglik beradi”[1] (Taloq: 7 oyat).

Ayol kishi eriga nafaqa masalasida yordam berishi (yaʼni xarajatlarga qoʻshilishi) joizdir, ammo bu yordamni u oʻz ixtiyori bilan qilgan hisoblanadi. Istagan vaqtda bu yordamni toʻxtatishi ham mumkin. Agar erkak xotiniga yetarli darajada nafaqa bermasa, ayol oʻzining va farzandlarining ehtiyojini qondirish darajasida erining molidan uning ruxsatisiz olishi mumkin.

Chunki rivoyat qilinishicha, Hind binti Utba – Abu Sufyonning xotini – Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirib, shunday degan:

“Ey Allohning Rasuli! Abu Sufyon ziqna (xasis) odam, menga va bolamga yetarli nafaqa bermaydi. Uning molidan ruxsatisiz olib tursam, menga bu ishda gunoh bormi?” Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Maʼruf (odatiy, yetarli) miqdorda – sen va bolang uchun yetadiganicha – molidan olavering.”[2]

Er xotinini oʻziga alohida yashash joyiga joylashtirishi kerak, yaʼni erning oila aʼzolaridan hech kim bilan birga boʻlmagan mustaqil uyda, chunki yashash joyi (boshpana) ham ayolning zaruriy ehtiyojlaridan hisoblanadi, shu bois unga nafaqa kabi vojib boʻladi. Alloh taolo yashash joyini nafaqaga qoʻshib zikr qilgan:

“Ularni oʻzlaringiz turgan joydan (boʻsh xonadan) yashatib qoʻying va ularni tang qilib qoʻyish uchun aziyat berib yubormang” (Taloq: 6oyat)[3].

Agar bu yashash huquqi ayolga vojib qilingan boʻlsa, unda bu haqqa birovni sherik qilish joiz emas, chunki ayol bundan aziyat chekadi – u mol-mulkini xavfsiz deb bilmasligi mumkin, bu esa uni eri bilan yaqinlik qilishdan va er-xotinlik munosabatlaridan toʻsadi. Faqat ayol buni oʻzi xohishi bilan tanlashi mumkin, chunki u bu holda oʻz huquqining kamayishiga rozi boʻlgan boʻladi.

Agar erning boshqa ayoldan boʻlgan farzandi boʻlsa, u holda bu bolani hozirgi xotini bilan birga yashatishi mumkin emas.

Ishlaydigan ayol:

Islom ayol kishini hayotining hech bir bosqichida daromad topish yoki ishlashga majbur qilmagan, chunki unga nafaqa (taʼminot) majburiyati yuklanmagan – bu majburiyat boshqalarga yuklatilgan. Agar u qiz boʻlsa, otasi uni taʼminlashi kerak; agar opa-singil boʻlsa, imkoniyati boʻlsa, akasi yoki ukasi uni taʼminlashi kerak; agar ona boʻlsa, ish topishga qodir boʻlgan farzandlari unga qarashi lozim; agar u turmushga chiqqan boʻlsa, nafaqasi erining zimmasidadir.

Shunga qaramay, Islom ayolga ishlash va daromad topishga ruxsat bergan. Biroq bu baʼzi shartlar bilan cheklangan:

1. Agar u turmushga chiqqan boʻlsa, ishlashi uchun erining ruxsati boʻlishi kerak.

2. Ish joyi begona erkaklar bilan aralashishga yoki ular bilan yolgʻiz qolishga olib kelmasligi kerak.

3. Uning ishi ayollik tabiatiga mos boʻlishi lozim – masalan, tikuvchilik, hamshiralik, tibbiyot, taʼlim sohalari va shunga oʻxshashlar. Ayol erkaklarga xos boʻlgan qoʻpol ishlarni bajarmasligi kerak, chunki bu erkaklarga oʻxshashlikka olib keladi va bu esa joiz emas.

Ayol ishlash orqali topgan mol-mulki oʻzining shaxsiy mulkidir. Bu mol ustidan faqat u oʻzi tasarruf etish huquqiga ega, erining yoki boshqa birovning uni roziligisiz undan biror narsa olishga haqqi yoʻq. Alloh taolo shunday degan:

“Alloh baʼzilaringizni boshqalaridan ustun qilgan narsalarga koʻz tikmang. Erkaklar oʻzlari topgan narsadan (daromaddan) oʻz ulushiga egadirlar, ayollar ham oʻzlari topgan narsadan ulushlariga egadirlar. Allohdan fazlini soʻrang. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchidir”[4] (Niso: 32oyat).

Kamoliddin MIRZAYEV
«Koʻkaldosh» OʻMIBY mudarrisi


[1] Shayx Abdulaziz Mansur. «Qurʼoni Karim maʼno-larining tarjima va tafsiri». Toshkent. «Toshkent islom universiteti» nashriyoti, 2012 y.

[2] Muslim ibn al-Hajjoj al-Qurayshiy «Sahihul Muslim». Dorul kutubil ilmiyya. Bayrut, Livan.

[3] Shayx Abdulaziz Mansur. «Qurʼoni Karim maʼno-larining tarjima va tafsiri». Toshkent. «Toshkent islom universiteti» nashriyoti, 2012 y.

[4] Shayx Abdulaziz Mansur. «Qurʼoni Karim maʼno-larining tarjima va tafsiri». Toshkent. «Toshkent islom universiteti» nashriyoti, 2012 y.

What you can read next

ИСРО ВА МЕЪРОЖ ҲОДИСАСИ
Исро ва Меърож ҳодисаси
“Зиё” ва “Нур” орасидаги фарқ
Жаъфар ас-Содиқнинг ҳузурида зиндиқнинг исломни қабул қилиши
Одам ва Мусонинг тортишуви
Одам ва Мусонинг тортишуви

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP