Mana keldi har yilgidek ơsha kunlar
Taʼriflarda keltirildi minglab soʻzlar
Siyratingiz tasvirlolmas hech bir qalam
Rosululloh sizni bir bor tushda koʻrsam
Qalbda muhr boʻlar edi visolingiz
Sogʻindi-ku sizni eslab ummatingiz
Etkazardim barchamizdan sizga salom
Rosululloh sizni bir bor tushda koʻrsam
Vasfingizni keltirolmay ojiz kalom
Titroq bosib har misrada butun tanam
Rozi edim ruhim chiqsa yoʻq hech jafo
Tutib sizni qoʻlingizdan Ey Mustafo
Aytar edim bu dunyoda koʻrganlarim
Men bilaman toʻymas edi bu koʻzlarim
Qalb toʻridan joy oldingiz chin soʻzlarim
Dilim orom topsin endi Ey Sayyidim
«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti
talabasi Umarov Talʼat






