SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Abu Hanifa rahmatullohi alayhning tarjimai hollari va ilk ilm olishlari.
24.06.2022 / Bo‘limda Axloq va tarbiya, Maqolalar

Abu Hanifa rahmatullohi alayhning tarjimai hollari va ilk ilm olishlari.

Biz soʻz yuritmoqchi boʻlgan buyuk imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning ismi Noʻmon ibn Sobitdir.Imomi Aʼzamning otasi boʻlmish Sobitning otasi Noʻmonmi yoki Zutomi, bobosi Marzubonmi yoki Mohmi ixtilof bor. U zot, yaʼni Marzubonning asl kelib chiqishlari Kobul-hozirgi Afgʻonistonning poytaxtidan boʻlgan. Bobolari Marzubon Umar roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida musulmon boʻlib, Kufaga koʻchib kelganlar va mana shu yerni oʻzlariga vatan qilib olganlar. Xatib Ismoil ibn Hammoddan Abu Hanifa rahmatullohi alayhgacha boʻlgan sanad bilan rivoyat qiladilar: «U zot shunday dedilar: «Bizga hur fors avlodlaridan boʻlgan Ismoil ibn Hammod ibn Nuʼmon ibn Sobit ibn Marzubon xabar berdi. U: «Allohga qasamki, bizlar hech qachon qul boʻlmaganmiz. Bobom 80 hijriy yili tavallud topdilar. Sobit Aliy ibn Abu Tolibning oldiga bordilar. Oʻshanda Sobit yosh bola edi. Shunda Aliy roziyallohu anhu u zotning haqlariga va zurriyotlari haqqiga baraka tilab duo qildilar. Biz Allohdan Aliy ibn Abu Tolibning qilgan duolarini ijobat etishini umid qilamiz», dedi».

Abu Abdulloh ibn Ahmad ibn Kidom aytadilar: «Darhaqiqat, Aliy roziyallohu anhuning duolari ijobat boʻlib, Alloh Abu Hanifa rahmatullohi alayhni ulugʻ qilib qoʻydi. Musulmonlarning aksari u zotga ergashdi va fiqhda u zotning fikrlariga tayandi». Abu Hanifa rahmatullohi alayhning bobolarining ismi bir rivoyatda Nuʼmon, boshqa rivoyatda esa Marzubon,uchinchi bir rivoyatda esa Zuto ibn Moh  deb kelgan. «At-Taʼlim» kitobining muallifi mazkur kitob muqaddimasida ushbu rivoyatlarni juda goʻzal holda jamlab, shunday deydi: «Marzubon»ning maʼnosi «boshliq» deganidir. Shunda Nuʼmon va Moh – ikki ism yoki ulardan biri ism, ikkinchisi esa laqab boʻlish ehtimoli bor. «Zuto»ning arabcha maʼnosi Nuʼmon boʻladi. «Moho»ning maʼnosi esa Marzubon boʻladi. Vallohu aʼlam»

                1. Abu Hanifa rahmatullohi alayh Kufada obroʻli, boy, solih musulmon oilada oʻsdilar. U zot ota-onalarining yolgʻiz farzandi edilar. Otalari gazlamachi boʻlib, Kufadagi doʻkonlarida kiyim sotardilar. Abu Hanifa rahmatullohi alayh ota kasbini davom ettirdilar. U zot Qurʼoni Karimni yoshliklarida yod olgan solih va ziyoli zot edilar. Qiroatni yetti qoridan biri sifatida tanilgan Imom Osimdan olganligi rivoyat qilinadi. [1]

Abu Hanifa rahmatullohi alayh oʻsha davrning allomasi Shaʼbiy rahmatullohi alayhga yoʻliqqunga qadar doʻkonda otalari bilan birga savdo qildilar. Shaʼbiy bilan koʻrishishlari imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning hayotlarida juda katta yaxshilik debochasi buldi. Abu Muhammad Horisiy imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhgacha boʻlgan sanad bilan rivoyat qiladilar: “Abu Hanifa rahmatullohi alayh shunday dedi: “Bir kuni Shaʼbiyning oldilaridan oʻtdim”. U zot oʻtirgan edilar. Meni oʻz yonlariga chaqirib: “Qayerga qatnayapsan?” deb soʻradilar. Men: “Falonchini yoniga”, dedim (“Falonchini” deb bozordagi  bir kishini nazarda tutib aytilar). U zot:“Bozordagi kimga qatnayotganingni nazarda tutmadim, ulamolardan dars eshitishda kimga qatnayapsan”, dedilar. Men: “Ulamolardan kam dars olaman”, dedim. U zot: “Unday qilma. Senga ilm olish vojib va ulamolar bilan birga oʻtirish vojib. Chunki men senda sergaklik va xushyorlikni sezyapman”, dedilar. Shunda Shaʼbiyning soʻzlaridan qalbim taʼsirlanib, savdo qilishni tark etdim va ilm olishga kirishdim. Natijada Alloh u zotning soʻzlari ila meni manfaatdor qildi”.

2. Abu Hanifa rahmatullohi alayh oʻn olti yoshga yetganlarida, otalari bilan farz ibodatlardan hisoblangan haj ibodatini ado  qilish, Nabiy sollallohu alayhi vasallam va u zotning masjidlarini ziyorat qilish uchun yoʻlga chiqdilar. Imom Kardariy “Manoqibi imom Abu Hanifa” kitoblarining “Intisor” bobida Juabiygacha boʻlgan sanad bilan shunday zikr qiladilar: U zot shunday dedi: “Menga otam ishonchli hofiz boʻlgan Muhammad ibn Samoʻadan, u Abu Yusufdan xabar berdi. Abu Yusuf aytdi: “Abu Hanifa rahmatullohi alayh shunday dedi: “Men toʻqson oltinchi yili, oʻn olti yosh boʻlganimda otam bilan birga haj qildim. Oʻshanda bir shayxga koʻzim tushdi. Uning atrofiga odamlar toʻplanib olgan edi. Men otamdan: “Bu shayx kim? ” deb soʻradim. Otam: “Bu odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari boʻladi. Uning ismi Abdulloh ibn Horis ibn Jaz’ ibn Zubaydiy”, dedilar. Shunda men otamga: “Unda nima bor? ” dedim. Otam: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan eshitgan hadislar bor”, dedilar. Men: “Meni uning oldiga olib boring”, dedim. Shunda otam mening qoʻlimdan ushlab, odamlar orasidan oʻtib, u zotning oldilariga yaqin olib bordilar. Oʻshanda u kishidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamningquyidagi hadislarini eshitdim:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Allohning dinida faqih boʻlsa, Allohning Oʻzi uning gʻamiga kifoya qiladi va oʻylamagan tomonidan rizqlantirib qoʻyadi”, dedilar” (Rofeʼiy rivoyat qilgan).

Hofiz Juobiy: “Abdulloh ibn Horis ibn Jaz’ ibn Zubaydiy hijriy 97 sanada vafot etdilar. Men bu hadisni mana shu maʼnoga muvofiq Soymariyning yoʻli orqali eshitdim”, dedilar.

3. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning birinchi qilgan ishlari usulud-din (aqiyda ilmi) hamda mulhid (Xudoni inkor qiluvchi) va adashgan firqalar bilan bahslashish boʻldi. Abu Hanifa rahmatullohi alayh adashgan firqalar bilan bahslashish, shariatni shubhali narsalardan tozalash va zalolat ahlining shariatga yetkazmoqchi boʻlgan zararlarini daf qilish uchun Basraga oʻn yetti martadan koʻp kelganlar. Jahm ibn Safvon bilan ham tortishib, nihoyat, uni mot qilib qoʻydilar.

Mulhidlar bilan esa to ular shariatni anglab yetgunlaricha bahslashdilar. Xuddi shuningdek, moʻtazila va xavorijlar bilan ham munozara qilib, ularga kuchli hujjat va dalillarni keltirib, aqlini kirgizib qoʻydilar va gʻuluvga ketgan shiʼalar bilan tortishib, ularga ham yetarli darajada dalillar keltirdilar.

Yuqorida zikr qilganimizdek, Abu Hanifa rahmatullohi alayh maʼlum bir muddatni usulud-dinda munozara va tortishish bilan oʻtkazdilar. Keyinchalik esa oʻzlariga yaqin boʻlgan shaxslarni, shogirdlarini tortishishdan qaytara boshladilar. Vaqt oʻtib qozi, fozil, obid va taqvodor boʻlgan Abu Hanifa rahmatullohi alayh oʻgʻillari Hammodning odamlar bilan kalom ilmida tortishayotganini koʻrib, uni bu ishdan qaytardilar. Shunda Hammod: “Biz sizning kalom ilmida tortishganingizni koʻrganmiz. Undan qaytarasizmi?” dedi. Bunga javoban Abu Hanifa rahmatullohi alayh: “Biz munozara qilganimizda, goʻyo boshimiz ustida qush oʻtirgandek, birodarimizning adashib qolishidan qoʻrqib turardik. Sizlar esa munozara qilib, bahslashasizlar va sherigingizning adashishini istaysizlar. Kim birodarining adashishini istasa, uning kofir boʻlishini istabdi. Kim birodarining kofir boʻlishini istasa, birodari kofir boʻlishidan oldin oʻzi kofir boʻlibdi”, dedilar.

Abu Hanifa rahmatullohi alayh mana shu yoʻlda, yaʼni kalom ilmi va usulud-din bilan shugʻullanish hamda adashgan firqalar bilan tortishishda davom etdilar. Hatto u zot barmoq bilan sanaladigan mashhur insonlardan biriga aylandilar. Bu davrda u zot yigirma yoshda edilar. Shundan soʻng Kufa masjidida oʻzlarining halqalarini tuzdilar va unda bu kabi ilmni oʻrganuvchi talabalarga dars bera boshladilar.[2]

Ubaydullayev Ulugʻbek 4-kurs talabasi


[1]Aydarbek Toʻlepov.Islom va aqidaparast oqimlar.Toshkent:Sharq,2013.b.-30.

[2] Muhammad Ayyub Homidov,Obid Mirhamidov,Abdulaziz Usmonov,Akmal Mirhamidov. Imom Aʼzam Hanafiy mazhabining asoschisi Noʻmon ibn Sobit rahmatullohi alayh.Toshkent:Hilol nashr,2021,b.-45-46

What you can read next

Мазҳабга эргашиш – динга эргашиш
Мазҳабга эргашиш – динга эргашиш
Soxta hadislarning aniqlash usullari va ilmiy yondashuvlar
Ёмғир ёғаётган пайтда дуо қилиш

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP