SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Alloh laʼnatlagan amal
03.06.2020 / Bo‘limda Maqolalar

Alloh laʼnatlagan amal

Shunday ishlar borki undan inson tabiati jirkanadi, aqli qabul qilmaydi. Bunday ishlar insoniyat boshiga turli ofat-u balolarni, kulfat-u musibatlarni tushishiga sabab boʻlganligi tarixdan barchamizga maʼlum. Qaysi bir jamiyat bu kabi jirkanch odatlar bilan odatlangan boʻlsa, albatta u yerdagilar Allohni balosidan omonda qolmaganlar. Bunday ishlardan biri bachchvozlikdir.

Muqaddas dinimiz taʼlimotlarida bachchavozlik kabi jirkanch  amallar juda ham qattiq qoralangan. Qurʼoni karimda Alloh taolo mana shunday amallarni odat qilgan umatlarni holatini bayon qiladi:

وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ أَتَأْتُونَ الْفَاحِشَةَ وَأَنْتُمْ تُبْصِرُونَ

أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ الرِّجَالَ شَهْوَةً مِنْ دُونِ النِّسَاءِ بَلْ أَنْتُمْ قَوْمٌ تَجْهَلُون

 “Va Lutni ham (Paygʻambar qilib yubordik). Oʻshanda u oʻz qavmiga: “Sizlar koʻrib-bilib turib, fohisha ish qilasizlarmi?! Sizlar, albatta, ayollarni qoʻyib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilasizlarmi?! Yoʻq! Sizlar johillik qilayotgan qavmdirsiz!” dedi”.( Naml surasi 54-55-oyatlar)[1]

       Bu qavmning yaramas ishi, hatto hayvon ham qilishlikdan or qiladigan bachchavozlik boʻlib. erkak kishilarning bir-birlari bilan jinsiy aloqa qilishlari edi. U  qavm bachchavozlik ishiga shunday mukkasidan ketganligi sababidan, oʻzlarini insofga chaqirgan Lut alayhissalom ahlini yurtingizdan quvib chiqaringlar  deb taxdidlar qilishdi. Alloh taolo aytadi:

فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِ إِلَّا أَنْ قَالُوا أَخْرِجُوا آَلَ لُوطٍ مِنْ قَرْيَتِكُمْ إِنَّهُمْ أُنَاسٌ يَتَطَهَّرُونَ

فَأَنْجَيْنَاهُ وَأَهْلَهُ إِلَّا امْرَأَتَهُ قَدَّرْنَاهَا مِنَ الْغَابِرِينَ

       «Uning qavmining javobi: “Lut ahlini yurtingizdan quvib chiqaring, chunki ular pokiza boʻlishni xohlagan kishilardir”, deyishdan boshqa narsa boʻlmadi.  Bas, biz unga va xotinidan boshqa ahliga najot berdik. U(xotin)ning azobda qolguvchilar ichida boʻlishini taqdir qildik. Va ularning ustlariga bir yomgʻir yogʻdirdikki, bas, ogohlantirilganlarning azobi qanday ham yomon boʻldi». (Naml surasi 56-57 oyat)[2]

       Bu yaramas qavmning ustidan yogʻgan yomgʻir- tosh yomgʻiri boʻlib barcha qavmni halok qildi. Qishloqlarining nomi «Sadum» boʻlib, ular Alloh taolo oʻz kitobida zikr qilganidek nopok ishlar bilan mashgʻul boʻlardilar. Ular butun mavjudotlar ichida hech bir jonzot qilmagan ishni qilib, erkaklarning orqasiga yaqinlik qilar va boshqa munkar ishlarni amalga oshirar edilar.

Bugunlik kunda dunyoning ayrim davlatlarida bunday razolat ishlar (birjinsliklar) nikohi  insonlar oʻrtasida juda tez avj olib bormoqda. Undaylarning bir-birlari bilan oila qurishini taminlovchi qonunlar, hatto farzand asrab olishliklari mumkunligi haqida qonunlar ishlab chiqishgan. Qanday sharmandagarchilik!!!

       Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ummatim xususida qoʻrqqan  narsalarimning eng qoʻrqinchlirogʻi Lut  qavmining amalidir” (Ibn Moja rivoyati).

       Boshqa bir hadisi sharifda esa: “Lut qavmi  amalini qilgan kimsani Alloh laʼnatlasin”, deb uch bora takrorlaganlar (Ibn Hibbon rivoyati).

       Rivoyat qilishlaricha, agar bir erkak boshqa bir erkakning ustiga chiqsa, Arsh Alloh taoloning gʻazabidan qoʻrqqanidan titrab ke tadi. Osmonlar ham yerga qulab tushishiga bir bahya qoladi. Shunda farishtalar osmonning har tarafidan tutib: “Qul huvallohu ahad”ni oxirigicha oʻqiydilar. Shundagina, Alloh azza va jallaning gʻazabi bosiladi.

      Qadimdan ota bobolarimiz juda ham yuksak manaviyatlik, oriyatlik va ahloqlik boʻlganlar. Bachchavoz deb nomi chiqqan insonlar bilan salom alik qilishmas, agarda yuzma yuz kelib qoʻl berib koʻrishib qolishsa, qoʻllarini yuvib tashlashar ekan. Bunday hislat ularning naqadar oriyatlik ekanini bildiradi.

      Rivoyatlarda kelishicha, Jabroil alayhissalom Sadumni yerdan oʻpirib olib osmonga koʻtargan hatto osmon ahli tovuqlarning qichqirigʻi-yu itlarning shovqinini eshitgan, soʻng chappa aylantirib, ostini ustiga qilib qoʻygan.  Keyinchalik oʻsha yerga suv toʻplanib oʻlik dengiz hosil boʻlgan. Bu dengiz hozirda ham mavjud boʻlib Falastin, Iordaniya va Isroil oʻrtasida joylashgan turgʻun shoʻr koʻldir.[3]

      Alloh taolo bu qavmning yaramas amallari sababidan yer yuzidan supirib yer ostiga yuttirib tashlashlikni iroda qilishligida aql yuritadigan qovm uchun juda koʻp hikmat bor. Chunki bu yerda buzuqlik va axloqiy tanazzul avjiga chiqqan, erkaklar bilan erkaklar jinsiy yaqinlik qilar, majlislarida yalangʻoch yurish targʻib etilar, fahsh ishlari ochiq-oshkora edi.

       Bugunlik kunda ham bu yaramas qovmning jirkanch ishini qilayotganlar yoʻq emas. Ulamolarimiz aytishicha Lut qavmi erkaklarga livota (bachchavozlik) ishini qilishligidan 40 yil muqaddam ayollarga livota ishini qilar edilar. Ayol kishini orqasiga yaqinlik qilishlikni ham bachchavozlikni kichkinasi sanaganlar. Er oʻz nikohidagi xotinining faqat old tarafidan yaqinlik qilishi kerak. Orqa avrat va boshqa joylarga jinsiy aloqa qilish qatʼiyan mumkin emas. Hadisi shariflarda xotinining orqa avratiga yaqinlik qilganlar haqida qattiq gaplar aytilgan. Masalan, Sunan sohiblari keltirgan rivoyatda bu ishni qilganlar malʼun (laʼnatlangan) ekani zikr etilgan. Bu juda ogʻir gap. Laʼnat bandani Allohning rahmatidan uzoqlashtiradi. Laʼnat bandani dunyo va oxiratda badnom qiladi. Bu maʼnodagi hadis boshqa muhaddislar tomonidan ham keltirilgan. Ibn Abbos roziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Erkak yoki ayolning orqasiga yaqinlik qilgan (kimsa)ga Alloh nazar qilmaydi” (Termiziy va Ahmad rivoyati). Demak, xotinining orqa avratiga yaqinlik qilish bandani Allohning rahmatidan mahrum etadi. Bu narsa oʻsha manfur ishning gunohi kabira ekanidan darak beradi.  Alloh barchalarimizni bunday illatlardan saqlasin.

«KOʻKALDOSH»  NOMLI OʻRTA MAXSUS  ISLOM  BILIM  YURTI

4- kurs talabasi Imomaliyev Akromali Ikromjon oʻgʻli


[1] Shayx Abdulaziz Mansur. «Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjimasi» Toshkent Islom Universiteti –T.:, 2004

[2] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Qurʼoni Karim- Maʼnolar tarjimasi” “Hilol-Nashr” Toshkent. 2019

[3]   Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Hadis vaHayot Anbiyolar tarixi” “Hilol-Nashr” Toshkent.  2019

What you can read next

“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv oʻquv kursining dastlabki  mashgʻulotlari tamomlandi.
“Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv oʻquv kursining dastlabki  mashgʻulotlari tamomlandi.
Ҳадис асарларида оятлар тафсири
Ҳадис асарларида оятлар тафсири
“Иш вақти, дам олиш вақти, меҳнат интизоми” мавзусида дарс

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP