Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi qoshidagi Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida joylashgan “Qurʼoni karim va tajvid” oʻquv kursi oʻz faoliyatini boshlagan edi.



Bugun, 3-aprel kuni ushbu oʻquv kursining dastlabki bitiruvchilarining mashgʻulotlari yakunlandi. Shu munosabat bilan tinglivchilarga SERTIFIKAT topshirish tadbir tashkil qilindi.
Tabdirda taʼlim muassasasi mudir oʻrinbosari N.Djalolov, oʻquv kurslari boʻlimi xodimi J.Ismatov hamda Qurʼoni karim va tajvid oʻquv kursi oʻqituvchisi Jalolov Avaz domla ishtirok etdi.



Yigʻilishda taʼlim muassasasi mudir oʻrinbosari Djalolov Nodir domla ilk bitiruvchilarni mazkur kursni dastlabki bitiruvchi ekanliklari bilan muborakbod etib, Qurʼoni karim tilovat qiluvchi va hofizi Kalomullohlarning fazilatlari, ularning Alloh taolo huzurudagi va barcha maxluqotlarning orasidagi darajalari haqida bayon qilib berdi hamda «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursini bitiruvchilariga berilgan sertifikat diniy taʼlim berishga hech qanday qonuniy asosga ega emasligini taʼkidlab oʻtdi. Shundan soʻng bitiruvchilarga kelgusi faoliyatlarida omad tilab oʻz soʻzini yakunladi.


Mazkur ilk tinglovchilariga taʼlim muassasasi tomonidan «Qurʼoni karim va tajvid» oʻquv kursini yakunlanganini tasdiqlovchi sertifikatlar hamda sovgʻa sifatida Qurʼoni karim musʼhafi topshirildi.
Mazkur yigʻilishda boʻlgan ustozlar bitiruvchilarga omad tilab ularning haqqilariga duoi xayrlar qildilar.
J.Ismatov
«Koʻkaldosh» OʻMIBY Oʻquv kurslari boʻlimi xodimi






