SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Taʼlim oluvchining oʻziga nisbatan odoblari
09.11.2026 / Bo‘limda Axloq va tarbiya, Maqolalar

Taʼlim oluvçining öziga nisbatan odoblari

1. Ixlos. Yaʼni ilm talab qilişdan faqat quyidagi uç narsani közlaş kerak:

a) Alloh taoloni – Uning uluğligi va martabasini – hamda U Zotga eltuvçi yölni taniş;

b) Islom ilmlarini tiriltiriş va saqlab qoliş;

d) odamlarga taʼlim beriş va ularga nasihat qiliş.

2. Yoşlik davri va umrining vaqtlarini ilm olişga şoşilib sarflaşi, işni keyinga surişga va “hali vaqt bor” degan umidga aldanib qolmasligi kerak. Çunki umrdan ötib ketgan har bir soatning örnini bosadigan narsa ham, uning badali ham yöq.

Ilm talab qilişni töliq ado etişga xalaqit beradigan maşğulot va tösiqlardan imkon qadar voz keçişi kerak. Çunki bunday narsalar yölni tösuvçi qaroqçilarga öxşaydi. Şu sababli salaflar yurtidan uzoqlaşişni va oilasidan çetroqda bölişni mustahab sanaganlar. Çunki fikr tarqoq bölsa, haqiqatlarning mohiyatini va nozik jihatlarni anglaş qiyinlaşadi. Alloh taolo aytadi: “Alloh biror kişining içida ikki qalbni yaratmagan” (Ahzob surasi, 4-oyat)[1].

Yana şunday deyiladi: “Özingni ilmga butunlay bağişlamaguningça, ilm senga özining bir qismini ham bermaydi”.

Abu Yusuf roziyallohu anhudan rivoyat qilinişiça, u şunday degan: “Öğlim vafot etdi. Ammo uni kafanlaş va dafn qilişda qatnaşmadim, bu işni qöşnilarim va qarindoşlarimga topşirdim. Çunki ustozim Imom Abu Hanifadan biror narsani örganiş imkonini qöldan boy berib qöyişdan qörqdim, uning hasrati mendan heç ketmas edi”[2].

Baʼzilar şunday deganlar: “Bu ilmga faqat dökonini yopgan, boğini taşlab qöygan, döstlaridan uzoqlaşgan va eng yaqin kişisi vafot etganda janozasida qatnaşmagan kişigina erişadi”. Bu gapda mubolağa bölsa-da, undan közlangan maʼno şuki: ilm talab qiliş uçun qalbni jamlaş va fikrni bir joyga töplaş zarur.

Rivoyat qilinişiça, Umar ibn Abdulaziz[3] rahimahulloh öz amaldorlariga maktub yozib, şunday der edi: “Ilm talab qiluvçilarga muntazam nafaqa ajratinglar va ularni ilm oliş uçun boşqa işlardan ozod qilinglar”[4].

3. Keça va kunduz vaqtlarini taqsimlab olişi va umrining qolgan qismini ğanimat bilişi kerak.

Yod oliş uçun eng yaxşi vaqt – saharlik; ilmiy izlaniş va tadqiqot uçun – ertalab; yoziş uçun – kunning örtasi; mutolaa va ilmiy muzokara uçun esa keçasidir.

Eng yaxşi joylar esa insonni çalğitadigan narsalardan uzoq joylardir.

4. Hayotining barça işlarida – kiyinişida, yeyiş-içişida va boşqa işlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergaşişi.

5. Ilm talab qiliş va uni yodlaşda astoydil harakat qilişi, keça-kunduz, safarda ham, muqimlikda ham barça vaqtlarida ilm bilan muntazam şuğullanişi kerak. Zarurat miqdoridan taşqari vaqtining biror qismini ilmdan boşqa narsaga sarflamasligi lozim.

Şoir şunday degan:

“Odamlar orasida maşaqqatsiz yuksak martabani istaydiganlar bor.

Yöq! Mehnatga bel boğla, tunlarni bedor ötkaz!”[5]

Taʼlim oluvçi şuni bilsinki, ilm talab qiliş va ilm yölida safar qiliş maşaqqatsiz bölmaydi.

Muso alayhissalom şunday deganlar: “Darhaqiqat, mana şu safarimizda ança maşaqqat tortdik” (Kahf surasi, 62-oyat).

Ilk avlod vakillarining öz maqsadlariga erişiş yölida qanday katta saʼy-harakat va maşaqqatlarni boşdan keçirganlariga oid misollar, inşaalloh, keyinroq keladi[6].

6. Yuksak himmatni jiddiy mehnat va doimiylik bilan birlaştirişi kerak. Çunki yuksak himmat ilm talab qiliş yölida insonni harakatga undovçi kuçli omil va inson kamolotining sifatlaridandir.

7. Taomni kam isteʼmol qilişi kerak. Çunki köp ovqat yeyiş köp içişga, köp içiş esa uyqu va sustkaşlikka olib keladi. Bu esa zehnning zaiflaşişi, his-tuyğularning sustlaşişi va tananing dangasaligiga sabab böladi. Bundan taşqari, köp yeyişda şariatda qoralangan holatlar va turli jismoniy kasalliklarga duçor böliş xavfi ham bor.

Luqmon hakim roziyallohu anhuning hikmatlaridan birida şunday deyiladi:

“Ey öğlim! Qaçon oşqozon tölsa, tafakkur uxlaydi, hikmat sukut qiladi va aʼzolar ibodatdan qoladi”[7].

Dovud ibn Mihroq şunday degan:

“Ibn Şumaylning[8] şunday deganini eşitdim: “Inson oç qolib, oçligini unutmagunça ilmning lazzatini topa olmaydi””[9].

Uluğ imom, zohid olim Muhammad ibn Abdurahmon al-Buxoriy[10] – Sayyidimiz Marğinoniyning ustozi, Alloh ikkovidan ham rozi bölsin – özining “Mahosinul-islom” asarida rözaning fazilatlari haqida şunday yozgan:

“Rözaning gözal jihatlaridan biri – oliyjanob xulqlarni hosil qilişdir. Çunki kam ovqatlaniş gözal axloqdan hisoblanadi. Heç kim köp ovqat yegani uçun maqtalmagan, kam ovqatlangani uçun esa maqtaladi. Har qanday dindor inson kam ovqatlanişni doimo maʼqullaydi. Payğambarlardan birortasi haqida ham köp ovqatlangani rivoyat qilinmagan…

Senga yetadigan ofatlarning köpi muboh narsalarni haddan taşqari köp isteʼmol qilişdandir. Rözada esa ofatlar eşigini yopiş bor”.

U yana şunday degan:

“Qorin luqmalardan böşagan sari hikmat bilan töladi. Qorinni luqmalar bilan töldirib, hikmatdan mahrum böliş esa hikmatdan emas. Möminning qorni böş bölsa, içki olami musaffo böladi, nuri va yaxşiligi porlaydi”.

8. Uyquni tanasiga zarar yetkazmaydigan darajada kamaytirişi kerak. Bir keça-kunduzda sakkiz soatdan ortiq uxlamasligi lozim. Agar holati bundan ham kam uxlaşga imkon bersa, şunday qilişi mumkin.

Ulamolar şunday deganlar: “Kim keçasi bedor bölsa, kunduzi qalbi xursand böladi”.

Toşköprizoda rahimahulloh şunday degan:

“Muhammad ibn Hasan aş-Şayboniy rahimahulloh keçasi uxlamas edi. Yonida suv turar, uyqusi kelganda suv bilan özini uyğotar va: “Uyqu issiqlikdan paydo böladi, şuning uçun uni sovuq suv bilan daf qiliş kerak”, – der edi”[11].

Bundan taşqari, köp uxlaş turli jismoniy kasalliklarga sabab bölişi mumkin[12].

9. Jismoniy va aqliy salomatligini asraşi kerak. Özini kuçi yetmaydigan darajada zöriqtirmasligi lozim. Çunki natijada ilmdan zerikib, bezib qolişi mumkin. Baʼzan bu nafrat şu darajaga yetadiki, uni qayta tiklaşning iloji bölmay qoladi.

Şuning uçun bu borada meʼyorni saqlaşi kerak. Şoir naqadar yaxşi aytgan:

“Har qanday işda ikki çekka – haddan oşiş ham, kamlik ham qoralanadi”[13].

Zero, nafs ilm yölida insonning ulovidir. Agar unga kuçi yetmaydigan yuk ortsa, uni yöqotib qöyişi mumkin[14].

Umuman olganda, kişi zerikib qolişdan qörqsa, vaqti-vaqti bilan öziga dam berişining zarari yöq. Roviylarning uluği Zuhriy[15] rahimahulloh ham şunday qilgan. U hadis va ilmiy masalalarni bayon qilib bölgaç: “Şeʼrlaringizdan aytinglar-çi. Doim bir narsaga berilib ketiş zeriktiradi. Nafsimizning ham haqqi bor. Bizga yengillik beradigan mavzularda suhbatlaşinglar”, – der edi[16].

Imom Zuhriy qanday gözal namuna!

Şuningdek, jismoniy maşqlar bilan muntazam şuğullaniş lozim. Maşqlarning eng afzallaridan biri – piyoda yurişdir. Çunki u qon aylanişini faollaştiradi, ortiqça yoğ va boşqa zararli moddalarni kamaytirişga yordam beradi, tanani tetiklaştiradi. Şuningdek, yurak va nafas oliş tizimi kasalliklariga çaliniş xavfini kamaytiradi.

Şuningdek, zehn va tuşunişni yaxşilaydigan taomlarni[17] isteʼmol qilişi, sustkaşlik va sezgi aʼzolarining zaiflaşişiga sabab böladigan taomlardan saqlanişi kerak.

10. Ilm talab qilişda tartib va bosqiçma-bosqiçlikka rioya qilişi, uni birdaniga töliq egallaşga şoşilmasligi, balki kunlar va tunlar davomida oz-ozdan[18] örganib borişi lozim. Şuningdek, biror ilmni puxta egallamagunça boşqasiga ötmasligi kerak.

Agar ilmni birdaniga egallaşga şoşilsa, uning katta qismi yoddan çiqib ketadi va undan heç narsa qolmasligi mumkin.

Imom Ğazzoliy şunday degan: “Ilmning turli fanlariga birdaniga şönğimasin. Balki tartibga rioya qilib, eng muhimidan boşlasin, söng keyingisiga ötsin”.

Yana şunday degan: “Oldingi fanni töliq egallamagunça keyingisiga kirişmasin. Çunki ilmlar zaruriy tartibda joylaşgan bölib, ularning ayrimlari boşqalariga eltuvçi vositadir. Bu tartib va bosqiçma-bosqiçlikka rioya qilgan kişi muvaffaqiyatga erişadi”[19].

Şuningdek, ilmlarning oxirgi va murakkab qismlaridan boşlamasligi kerak. Çunki keyingi masalalar avvalgi asoslarsiz mustahkam bölmaydi. Bu xuddi bino kabidir: bino poydevorsiz tik turmaydi[20].

11. Faqat bitta ilm bilan çeklanib qolmasligi, balki nahv (arab tili grammatikasi), sarf (söz şakllari ilmi), luğat, maʼoniy, bayon va boşqa ilmlarni ham örganişi lozim. Har bir ilmdan öziga kerakli miqdorda örganib, har bir fanga maqomiga yaraşa eʼtibor berişi kerak. Çunki bu ilmlarsiz Allohning uluğ Kitobi – Qurʼon tafsirining maqsadlarini anglaş, hadisi şariflardan maʼno çiqariş hamda ulardan usul va furuʼ masalalarini istinbot qiliş mumkin emas.

12. Eşitgan narsalarini unutib qöymaslik uçun yozib borişi kerak. Ilm oluvçi biror narsadan hayratlansa yoki unga maʼqul tuşsa, albatta, uni yozib qöyişi lozim. Ibn Umar va Ibn Abbos roziyallohu anhumodan: “Ilmni yoziş bilan boğlab qöyinglar”, – degan söz rivoyat qilingan. Xotiraga töliq suyanib qolmaslik kerak. Zero, xotiramiz qança-qança gavhar va yoqutlarimizni yöqotgan.

13. Yozgan narsalarini yodlab olişi va ularni taşlab qöymasligi kerak. Arablar: “Qalbingdagi bir harf kitoblaringdagi ming harfdan yaxşiroq”, – deganlar. Yana: “Sen bilan vodiyni kesib ötmaydigan va majlisda senga hamroh bölmaydigan ilmda yaxşilik yöq”, – deganlar.

Xalil ibn Ahmad[21] aytgan: “Kitoblaringdagi narsalarni sarmoya, qalbingdagi narsalarni esa sarflaydigan mablağ qil”[22].

14. Ilmni ustozlar huzurida taʼlim olmasdan, faqat kitoblar va yozma manbalardan örganmasligi kerak. Çunki bu eng zararli xatolardan biridir.

Imom Ibn Abu Zayd al-Qayravoniy “An-Navodir vaz-ziyodot” kitobining muqaddimasida şunday deydi: “Ilgari: “Ilmni kutubiydan[23], Qurʼonni esa muşafiydan[24] olma”, – deyilar edi. Garçi keyingi zamonlarda kitoblar ilmlarning xazinasiga aylangan bölsa-da, ularning yopiq eşiklarini oçadigan kalitlar – insonlarning qalblaridir. Ilk avlod davrida ilmning xazinasi qalblar edi, öşa paytda kitoblar köp emas edi. Keyingi zamonlarda esa ilmning aksariyati kitoblarda, oz qismi qalblarda qoldi. Kitoblar şarhlar, taʼlidlar[25] va tafsirlar bilan köpaydi, biroq kamçilik va nuqsonlar ham köpaydi”.

Imom Şofeʼiy roziyallohu anhu aytgan: “Kim fiqhni faqat kitoblar içidan örgansa, hukmlarni zoye qiladi”.

Baʼzi ulamolar: “Eng katta balolardan biri – sahifani şayx qilib olişdir”[26], – deganlar. Yaʼni yozilgan sahifani öziga ustoz qilib olişni nazarda tutganlar.

Şoirlardan biri[27] şunday degan:

“Kitob ortilgan ulovlardek – ilmdan bexabar,

kitoblarning qadrini tuyalar qança bilsa, şunça bilurlar.

Umringga qasamki, ulov tongda yölga çiqsa ham, keçqurun qaytsa ham,

qoplaridagi yuk nima ekanini bilmaydi”[28].

15. Ilm örganişning dastlabki bosqiçida ulamolar yoki umuman odamlar örtasidagi aqliy va naqliy masalalardagi ixtiloflar bilan maşğul bölmasligi kerak. Çunki bunday bahslar fikrni çalğitadi va aqlni hayratga soladi.

16. Faqat öziga foyda beradigan yoki undan foyda oladigan kişilar bilan muloqot qilişi kerak. Agar unga döst yoki hamroh kerak bölsa, u solih, pokiza, taqvodor, dindor, parhezkor, ziyrak, yaxşiligi köp, yomonligi kam, muomalasi çiroyli va behuda tortişuvlardan uzoq kişi bölsin.

Dangasa, bekorçi, köp gapiruvçi, buzğunçi va fitnaçi kişilardan uzoq bölişi kerak[29].

Buning sababi şuki, inson tabiati boşqalardan taʼsirni öğirlab oladi. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kişi döstining dinida böladi. Bas, har biringiz kim bilan döstlaşayotganiga qarasin”, – deganlar[30].

Ulamolarning sözlaridan: “Döst kiyimdagi yamoqqa öxşaydi: agar u kiyimga öxşamasa, uni xunuk qilib qöyadi”.

Yana: “Ahmoqlar bilan aralaşgan kişi ulardan biri, olimlar bilan aralaşgan kişi esa olimlardan biri hisoblanadi”.

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilingan quyidagi hikmatli baytlar ham şu maʼnoni ifodalaydi:

“Johil kişi bilan döstlaşma,

qança johil öz yaqinini halokatga yetaklagan.

Undan va uning hamrohligidan ehtiyot böl,

kişi öz hamrohi bilan ölçanadi.

Poyabzal poyabzalga qiyos qilinganidek,

inson ham öziga öxşagan inson bilan qiyoslanadi.

Agar biror narsa boşqa narsaga tegsa,

uning taʼsiri unga ötadi.

Yomon kasallik soğlom kişiga ham yuqadi,

agar u kasal odamga yaqinlaşsa.

Narsaning narsaga qiyoslari va öxşaşlari bor,

qalb qalbga uçraşganda unga dalil böladi”[31].

Jaloliddin Rumiy rahimahulloh şunday degan:

“Solih kişiga hamroh bölsang, solih bölasan,

yomon kişiga hamroh bölsang, yomonlikka moyil bölasan”[32].

Yaʼni inson doimiy suhbatdoşi va hamrohlarining xulqi va tabiatidan muqarrar taʼsirlanadi.

“Al-Hodiy ila riyozil-fiqh val-fuqaho” kitobi
tarjimasidan


Kamoliddin domla Mirzayev
«Kökaldoş» örta maxsus islom taʼlim muassasasi öqituvçisi


[1]Tarqoq fikr haqida Toşköprizoda “Miftohus-saodat” asarida şunday deydi: “Tarqalib ketgan fikr suvi turli tomonga bölinib ketgan ariqqa öxşaydi: uning suvi havoga buğlanib, yerga şimilib ketadi va natijada ekinzorga yetib boradigan suv qolmaydi”.

[2]Alloma Zohid Kavsariy. “Husnut-taqoziy fi siyratil-imom Abi Yusuf al-Qoziy”.

[3]U – Abu Hafs al-Umaviy, maşhur xalifa va uluğ tobeʼinlardan. Onasi – Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning nevarasi Ummu Osim binti Osim edi. Uning hayoti, sözlari va nasihatlari haqida bir qança qimmatli asarlar yozilgan. Vafoti: hijriy 101-yil. Qarang: “Siyaru aʼlomin-nubalo”, 5-jild, 114-bet, 48-tarjima; Ibn Javziyning “Siyratu Umar ibn Abdulaziz” asari.

[4]Tarniyotiy. “Buluğ aqsol-marom”, beşinçi bob.

[5]Uşbu bayt “Buluğ aqsol-marom fi adabil-mutaʼallimin” asarida keltirilgan, biroq uning muallifini aniqlay olmadim.

[6]Birinçi faslning ikkinçi bahsi, ikkinçi mavzusida.

[7]Bozor va umumiy ovqatlaniş joylarida tayyorlangan taomlarni yeyişdan ehtiyot böliş kerak. Çunki bunday taomlar nopoklik va sifatsizlikka yaqinroq bölib, Alloh taoloni zikr qilişdan uzoqlaştirişi ehtimoli köproq. Şuningdek, ular boşqa taomlarda uçramaydigan turli kasalliklarga olib kelişi mumkin.

[8]U – imom, hofiz Abul Hasan Nadr ibn Şumayl al-Moziniy al-Basriy, hadis olimi va tilşunos. Muruvvatli va fazilatli kişilardan bölgan. Hişom ibn Urva va boşqalardan rivoyat qilgan. Vafoti: hijriy 203-yil. Qarang: “Tazkiratul-huffoz”, 293-tarjima.

Muallif aytadi: Solihiy uni Imom Abu Hanifa rahimahullohning şogirdlari qatorida zikr qilgan. U şunday degan: “Odamlar fiqhdan göyo uyquda edilar, Abu Hanifa ularni uyğotdi”. Bu sözning davomi, inşaalloh, keyinroq keladi.

[9]“Tazkiratul-huffoz”, Nadr ibn Şumayl tarjimai holi, 293-raqam.

[10]U zot haqida, inşaalloh, “Hidoya” sohibining ustozlari haqidagi bahsda söz yuritiladi.

[11]Toşköprizoda. “Miftohus-saodat”, ikkinçi muqaddima – taʼlim oluvçining şartlari va vazifalari haqida. Bu masala “Taʼlimul-mutaʼallim” asarida ham zikr qilingan. Unda şunday deyiladi: “U (Muhammad ibn Hasan) keçalari bedor bölib, murakkab masalalar unga yeçilib, tuşunarli bölgaç: “Podşohlarning farzandlari bunday lazzatlardan qayerda bahramand böla oladi?!” – der edi”.

[12]Masalan, sariq kasalligi, qonning quyuqlaşişi, hazm quvvatining zaiflaşişi va şu kabi kasalliklar.

[13]Bu “Maʼolimus-sunan” asarining muallifi imom Abu Sulaymon al-Xattobiyga tegişli baytning bir misrasidir. Undan oldingi misralar quyidagiça:

“Bağrikeng böl, haqqingni töliq undirişga urinma,

heç bir işda haddan oşma, balki meʼyorni saqla.

Çunki saxovatli inson öz haqqini töliq talab qilmaydi.

Har qanday işda ikki çekka – haddan oşiş va kamlik – qoralanadi”.

Bu baytlar “Yatimatud-dahr” asarining 4-jildi, 385-betida, 66-raqamda keltirilgan.

[14]Zarnujiy yozişiça, Dovud ibn al-Jarrohning ustozi uning daftarida qon izini körib, sababini söragan. U: “Issiq keçalarda çiroq yonida ötirib ilm örganayotgan edim, burnimdan qon ketdi”, – deb javob bergan. Şunda ustozi: “Sen ilmni özing uçun talab qilyapsan. Agar özingni halok qilsang, ilming senga nima foyda beradi?” – degan.

[15]U – Abu Bakr Muhammad ibn Muslim ibn Ubaydulloh ibn Şihob az-Zuhriy al-Quraşiy. Madinadagi buyuk hofizlar, faqihlar va muhaddislardan biri bölgan. “Al-Muvatto” asarida undan 133 ta marfuʼ hadis rivoyat qilingan. Vafoti: hijriy 125-yil. Qarang: “Hilyatul-avliyo” va “Tazkiratul-huffoz”.

[16]Ibn Javziy taʼlim oluvçiga yod olişdan bir yoki ikki kun dam berişni tavsiya qilgan va buni binoga öxşatgan: bino ham mustahkam örnaşib, joyiga tuşişi uçun maʼlum vaqt tindiriladi.

[17]Imom Zarnujiy zikr qilganidek, ular quyidagilardir: misvok işlatiş, asal içiş, ertalab yigirma bir dona qizil mayiz yeyiş va hokazo. Xotirani kuçaytiriş uçun balğam va ortiqça namlikni kamaytiradigan narsalarning barçasi foydali. Balğamni köpaytiradigan narsalar, masalan, sut mahsulotlari va baliqni köp isteʼmol qiliş va şunga öxşaşlar esa unutuvçanlikka sabab böladi.

Muallif aytadi: “Unutuvçanlikka sabab böladigan narsalardan biri gunoh qiliş ekani heç kimga sir emas. Alloh taolo meni ham, sizlarni ham gunohlardan asrasin va vafotimizdan oldin solih amallar qilişga muvaffaq etsin”.

[18]Xatib Bağdodiy “Al-Faqih val-mutafaqqih” asarida 860-raqam bilan şunday rivoyat qilgan: Imom Abu Hanifa fiqh örganiş uçun ustozi Hammodning majlisiga qatnay boşlaganida, Hammod rahimahulloh unga: “Har kuni uçta masalani örgan. Örganganlaring qalbingda ilm bölib mustahkamlanmagunça, bundan ortiğini örganma”, – degan. Abu Hanifa bu tavsiyaga amal qilib, ilm majlisiga muntazam qatnaşdi. Oxir-oqibat fiqh ilmini çuqur egalladi va odamlar unga hurmat bilan işora qiladigan böldilar.

[19]Imom Ğazzoliy. “Ihyou ulumid-din”, “Ilm kitobi”, beşinçi bob, oltinçi va yettinçi vazifa.

[20]Uyga tomdan emas, eşikdan kirilişini körmaysanmi?! Tom tomonidan uyga kirmoqçi bölgan kişi yiqilib tuşişdan omonda bölmaydi va tanbeh hamda koyişga loyiq böladi.

[21]U – Xalil ibn Ahmad ibn Amr al-Farohidiy, til va adabiyot imomlaridan biri, aruz ilmining asosçisi va arab tilidagi ilk luğat – “Kitobul-ayn”ning muallifi. Sibavayhning ustozi. Asarlaridan biri – “Tafsiru hurufil-luğa”. Vafoti: hijriy 170-yil. Qarang: “Şazarotuz-zahab”.

[22]“Adab ad-dunyo vad-din”, ikkinçi bob – ilm odobi haqida, “Maʼnolarning noaniq böliş sabablari” mavzusi.

[23]Al-kutubiy – kitoblarni haq evaziga köçirib yozuvçi kişi. Keyingi davrlarda “kutubiy” sözi umuman kitob sotuvçisi maʼnosida işlatilgan.

[24]Al-muşafiy – Qurʼoni Karim nusxalarini haq evaziga köçirib yozuvçi kişi. As-suhufiy (sahifiy) esa ilmni şayx va ustozlardan emas, yozma sahifalardan örganuvçi kişidir.

[25]“An-Navodir vaz-ziyodot” asarining hoşiyasida: “Taʼallud – hayron böliş, çalkaşib qoliş maʼnosida”. Bu yerda esa sodir bölişi taxmin qilinadigan va kelajakda yuz berişi kutiladigan masalalar nazarda tutilgan.

[26]“Tazkirat as-somiʼ val-mutakallim”, uçinçi bob, ikkinçi fasl.

[27]Bu ikki bayt Marvon ibn Abu Hafsaga tegişli. U yuksak martabali şoir bölib, Umaviylar va Abbosiylar davlatlari davrini körgan. Vafoti: hijriy 180-yil. U bu baytlarni şeʼr rivoyatçilaridan bölgan bir qavmni hajv qilib aytgan. Baytlar uning devonida “ro” qofiyali qasidalar qismida keltirilgan.

[28]“Zavomil” – “zomila”ning köpligi: ozuqa, yuk va boşqa narsalar ortiladigan tuya va boşqa ulov. “Asfor” – kitoblar. “Aböir” – “baʼir” (tuya) sözining köplikning köpligi. “Ğaroir” – “ğarora”ning köpligi: buğdoy, somon va şunga öxşaş narsalar solinadigan katta qop.

[29]Ibn Jamoa va Zarnujiy sözlaridan jamlab keltirilgan.

[30]Imom Ahmad rivoyati, 8015; Imom Abu Dovud rivoyati, 4833; Imom Termiziy rivoyati, 2378.

[31]Bu baytlar majzuʼ vofir vaznida bölib, “Odobul-muluk bil-adl” asarining hoşiyasida, “Nadimlarni tanlaş va ularning şartlari” faslida keltirilgan. Ular Ali roziyallohu anhu devonida “ho” qofiyasida bor. Abul Qosim Naysoburiy “Uqalöul-majonin” asarida aytişiça, bir kişi Ali roziyallohu anhuga yoqar edi. Bir kuni u zot uni ahmoq bir kişi bilan birga yurganini körib, uşbu baytlarni aytgan.

[32]“Masnaviy”, birinçi daftar, “Amirlarning valiahdlik masalasida ixtilof qilişi” mavzusi.

Tagged under: maqola

What you can read next

Soxta salafiylar kim oʻzi?
Soxta salafiylar kim oʻzi?
Абу Ҳанифа (раҳимаҳуллоҳ)нинг машҳур шогирдлари
Абу Ҳанифа (раҳимаҳуллоҳ)нинг машҳур шогирдлари
Ровий ўз ривоятига хилоф иш тутиши (1- қисм)
Ровий ўз ривоятига хилоф иш тутиши (1- қисм)

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP