




Toşkent şahridagi Özbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Kökaldoş» örta maxsus islom taʼlim muassasasida 2026-2027 öquv yili doirasida talabalar bilimini baholaş maqsadida oraliq nazorat imtihonlariga start berildi.
Talabalarning özlaştirişi xolis va har tomonlama baholanişi uçun imtihonlar uç xil – oğzaki, yozma hamda test şaklida ötkazilmoqda. Eʼtiborli jihati, nazorat savollari zamonaviy talablar asosida interfaol tarzda tuzilgan bölib, bu talabalar bilimini yanada çuqurroq sinaşga xizmat qiladi.
Imtihon jarayonini Öquv-uslubiy bölimi boşliği F.Asatullayev hamda taʼlim sifatini nazorat qiliş boş mutaxassisi S.Saidakramov bevosita kuzatib borişdi. Jarayon belgilangan tartib-qoidalar asosida ötayotgani nazoratga olindi.
Şuningdek, adolat va şaffoflikni taʼminlaş maqsadida barça imtihonlar kuzatuv kameralari orqali töliq yozib olinmoqda.
S.Saidakramov
Taʼlim sifatini nazorat qiliş boş mutaxassisi






