SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Muallimning shogirdlari oldidagi odoblari
02.11.2026 / Bo‘limda Axloq va tarbiya, Maqolalar

Muallimning şogirdlari oldidagi odoblari

Bilgilki, ilm oluvçiga faqat unga muloyim munosabatda böladigan, unga şafqat qiladigan, uni yaxşi köradigan va ilm örganayotganidan xursand böladigan muallimgina taʼsir körsata oladi. Bunday muallim şogirdining manfaatini közlab, uning tarbiyasi va xulqini gözal qiliş, unga foydali narsalarni körsatiş yölida har qanday maşaqqatni zimmasiga olişga tayyor böladi.

Bularning barçasi muallimning şogirdiga bölgan muhabbatining belgilari bölib, uning muvaffaqiyatidan darak beradi.

Solih, yaxşi tarbiya topgan şogird esa olim uçun dunyo va oxirat yaxşiligiga sabab böladi, u olimning eng aziz va eng yaqin kişilari kabi qadrlidir. Agar muallim bu işda ixlosli bölsa, şogird undan qoladigan sadaqai joriya va Alloh taologa yaqinlaştiruvçi kuçli vositadir.

Şuning uçun muallimning özidan taʼlim olayotgan şogirdlari oldida ayrim burç va vazifalari bor. Ular quyidagilardir:

1. Niyati hali töliq xolis emasligi sababli şogirdni öqitişdan boş tortmaslik.

Çunki yaxşi niyat ilmning barakasi bilan keyinçalik paydo bölişi umid qilinadi[1].

Salaflardan baʼzilari şunday degan: “Biz ilmni Alloh uçun bölmagan niyat bilan talab qildik. Ammo ilm faqat Alloh uçun bölişni istadi”. Imom Navaviy rahimahulloh aytadi: “Buning maʼnosi şuki, oxir-oqibat bu iş Alloh taolo uçun bölib qoldi”.

Ibn Jamoa esa şunday deydi: “Çunki yangi boşlovçilarni öqitişda ixlosli niyatni şart qiliş, bu köpçilikka qiyin bölgani sababli, juda köp insonlarni ilmdan mahrum qilgan bölardi. Lekin şayx yangi boşlovçini sözi va amali bilan yaxşi niyatga asta-sekin undab boradi…”[2]

2. Şogirdiga özi uçun yaxşi körgan narsani ravo körişi, özi uçun yomon körgan narsani unga ham yomon körişi.

Bu haqda hadisi şariflar kelgan.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: “Men uçun eng aziz inson – odamlarning yelkasi oşa ötib, oldimga kelib ötiradigan suhbatdoşimdir. Qölimdan kelsa, unga paşşa ham qönmasligini istardim”. Boşqa bir rivoyatda: “Agar unga paşşa qönsa, bu menga ozor beradi”, – deyilgan[3].

Muallim şogirdining manfaatiga eʼtibor berişi va unga özining eng aziz farzandiga qilgandek mehribonlik, şafqat va yaxşilik bilan muomala qilişi lozim.

Şuningdek, şogirddan baʼzan sodir böladigan qöpollik va odobsizlikka sabr qilişi kerak. Çunki inson baʼzan bunday xatolardan butunlay xoli bölmaydi.

Imom Abu Hanifaning Imom Abu Yusufga – Alloh ikkovidan ham rozi bölsin – bergan nasihatlarida şunday deyiladi:

“Agar ön yil daromadsiz va oziq-ovqatsiz qolsang ham, ilmni tark etma. Çunki undan yuz ögirsang, tirikçiliging torayadi. Fiqh örganuvçi şogirdlaringga ularning har birini öz farzanding deb bilgandek munosabatda böl. Şunda ularning ilmga rağbatini yanada oşirasan”[4].

Şuningdek, muallim şogirdining haqqiga yomon duo qilmasligi kerak. Çunki şayxning şogirdi haqidagi duosi, xuddi ota-onaning farzandi haqidagi duosi kabi – yaxşi bölsin, yomon bölsin – köpinça qaytarilmaydi[5].

3. Şogirdi uçun köp duo qilişi.

Özi va ota-onasi uçun duo qilganidek, şogirdi uçun ham köp duo qilişi kerak[6].

Şayx otam – Alloh u zotni musulmonlarning doimiy murojaatgohi qilsin – şunday deydilar: “Men şogirdlarim uçun duo qilib: “Ey Allohim! Qiyomat kunigaça şogirdlarimda va şogirdlarimning şogirdlarida ixlos, ehson, solihlik, töğrilik, ilm va fiqhni qaror toptir”, – deyman”.

Yana aytadilar: “Men ularda yaxşilik va ilmda yuksak isteʼdod alomatlarini köraman. Inşaalloh, kelajakda ular fiqh ilmida buyuk martabaga erişadilar, deb umid qilaman”.

4. Vaqti-vaqti bilan şogirdni ilmga va ilm talab qilişga rağbatlantirişi.

Buning uçun Alloh taolo ulamolarga tayyorlab qöygan uluğ martabalarni eslatişi mumkin. Masalan, ulamolarning fazilati, ularning payğambarlar merosxörlari ekani, nurdan bölgan minbarlarda bölişlari va ilm hamda ulamolar fazilati haqida kelgan boşqa rivoyatlarni zikr qilişi mumkin.

5. Şogirdni asta-sekin dunyodan kifoya qiladigan miqdor bilan qanoat qilişga örgatişi.

Yaʼni şogird dunyoning ozgina, zarur narsalari bilan kifoyalanişga, qanoat qilişga, dunyo ketidan quviş va uning ötkinçi ziynatlariga berilişdan yuz ögirişga asta-sekin örgatilişi lozim.

Çunki bu holat badan uçun yengilroq, qalbni jamlaş uçun yaxşiroq, inson martabasi uçun şarafliroq, ilmni egallaşga köproq yordam beruvçi, ilmni yaxşi saqlaş va ziyoda qiliş uçun foydaliroqdir.

Şuning uçun ilmda katta nasibaga erişganlarning juda ozi bundan mustasno bölgan, xolos: ularning aksariyati ilm olişni boşlagan paytda biz aytganimizdek faqirlik, qanoat va dunyodan yuz ögiriş holatida bölgan.

6. Şogirdni gözal, şariatga muvofiq odoblar va maqtalgan xulqlar bilan tarbiyalaşi.

Muallim şogirdini uluğ va gözal odoblarga, maqtalgan xulqlarga örgatişi kerak.

Şuningdek, şogirdlarning bir-biri bilan qanday muomala qilayotganini kuzatib, ular orasida çiroyli va odobli sözlaşiş, bir-birini yaxşi köriş, yaxşilik va taqvoda hamkorlik qiliş, özaro yordam beriş kabi fazilatlarni qaror toptirişi lozim.

Darsda hozir bölganlarga mehr va iltifot körsatişi, kelmaganlarini esa yaxşilik bilan tilga olişi lozim. Şuningdek, ularning ismlari, yaşaş joylari va hol-ahvolidan xabardor bölişi kerak. Har biriga, ayniqsa, fazilati bilan ajralib turadigan şogirdga uning kunyasi, nisbasi yoki özi yaxşi köradigan boşqa ismi bilan murojaat qilib, uni uluğlaşi va hurmat qilişi lozim. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarini hurmat yuzasidan kunyalar bilan atar edilar. Masalan, Alini “Abu Turob”, Ubayni “Abul Munzir” deb ataganlar. Boşqa sahobalarga ham şunday kunyalar berganlar. Alloh ulardan rozi bölsin.

7. Agar şogirdlardan biri kasal bölsa, uni ziyorat qilişi lozim. Agar u ğam-taşvişda bölsa, könglini kötarişi, ehtiyojini qondirişga harakat qilişi va imkoniga qarab mol-dunyosi yoki boşqa yöl bilan unga yordam berişi kerak.

8. Talabalar oldida ularning ayrimlarini boşqalardan ustun qöyib, oçiqçasiga afzal körmasligi lozim. Çunki bu köngillarning ranjişiga va qalblarning muallimdan uzoqlaşişiga sabab böladi. Şuningdek, boylik yoki martabani ayrim talabalarni boşqalardan ustun qöyişga mezon qilib olmasligi kerak. Ammo ulardan biri ilmni köproq özlaştirgan, tirişqoqroq yoki odobliroq bölsa, uni boşqalar orasida hurmat qiliş va alohida eʼtibor berişning zarari yöq. Bunda sababini ham tuşuntirib qöyişi kerak. Balki bu maqtovga loyiq işdir, çunki bunday munosabat talabalarni yanada ğayratli bölişga va şu fazilatlarni özida mujassam etişga undaydi.

Agar talabadan unga yaraşmaydigan biror iş sodir bölsa, uni töğri yölga solişi kerak. Buning uçun boşqa bir munosabat bilan, xato qilgan kişini töğridan-töğri körsatmagan holda, uning huzurida şariatda bunday işdan qaytarilganini eslatişi lozim. Nasihatni muloyimlik bilan qilişi, qöpollik va qattiqqöllikka yöl qöymasligi kerak. Bundan maqsad uning tarbiyasini yaxşilaş va xulqini gözallaştiriş bölişi lozim.

Agar işora bilan maqsad anglaşilsa, oçiq aytişga hojat yöq. Agar u faqat oçiq bayon qilinganda tuşunsa, aniq aytişi mumkin. Bunda ham muloyimlikda bosqiçma-bosqiç yöl tutişi kerak. Şundan keyin ham özini töğrilamasa, undan yuz ögirişining zarari yöq.

Kamoliddin domla Mirzayev
«Kökaldoş» örta maxsus islom taʼlim muassasasi öqituvçisi


[1]Ibn Muflih “Al-Odob aş-şarʼiyya” asarida Sufyon Savriy rahimahullohdan quyidagi sözni keltirgan: “Ularning ilm talab qilişlarining özi niyatdir”. Bu söz “Ilm talab qiliş va uni nimadan boşlaş haqida” bobida keltirilgan.

[2]“Tazkirat as-somiʼ val-mutakallim”, ikkinçi bob, uçinçi fasl.

[3]Xatib Bağdodiy. “Al-Faqih val-mutafaqqih”, 892-893-raqamlar.

[4]Imom Aʼzamning Abu Yusufga bergan vasiyati Ibn Nujaymning “Al-Aşboh van-nazoir” asarining oxirida keltirilgan.

[5]Çunki ota ham, şayx ham farzandning hayotiga sababçidir. Biroq ota foniy hayotga, şayx esa boqiy hayotga sabab böladi. Ularning farqi şunda.

[6]Imom Abu Hanifa roziyallohu anhuning “Men ilm olgan va ilm bergan har bir kişi uçun istiğfor aytaman”, degan sözi, inşaalloh, u zotning ustozlari haqidagi bahsda keladi.

Tagged under: maqola, odob

What you can read next

Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik
Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik
Ҳадис асарларининг турлари
Ҳадис асарларининг турлари
Бағрикенглик  -  исломий  фазилат
Бағрикенглик  –  исломий  фазилат

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP