SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik
13.11.2024 / Bo‘limda Maqolalar

Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik

Oʻzbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab avaylashga, barcha fuqarolarga oʻz eʼtiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular oʻrtasida qadimiy mushtarak anʼanalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki yurtimizda oxirgi 7-8 yillar mobaynida turli sohalarda Oʻzbekiston oʻrta Osiyoda rivojlangan davlatlardan biri sifatida eʼtirof etiladi,

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Miromonovich janoblari diniy sohaga ham alohida eʼtibor bermoqdalar misol uchun aytadigan boʻlsak:

Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba Islom sivilizatsiya markazini tashkil etilgani, yurtimizdagi ushbu markaz «Uchinchi Renesans – Yangi Oʻzbekiston» gʻoyasini keng targʻib qiluvchi, mamlakat tarixining yangi yuksalish davridagi yutuqlarini ilmiy asosda oʻrganuvchi, uni keng jamoatchilikda yetkazib beruvchi hamda moddiy – madaniy meros namunalarini, islom dini bilan bogʻliq qadimiy va boy anʼanalarni targʻib qiluvchi ilmiy – maʼrifiy maskan boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.

Yurtimizda millatlararo va fuqarolararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi gʻoya va tashabbuslar paydo boʻlayotgani tom maʼnodagi doʻstlik qoʻrgʻonining yanada mustahkam boʻlishiga xizmat qiladi. Yurtimizda taʼlim yetti tilda olib borilayotgani, 138 ta milliy madaniy markazlarning faoliyat koʻrsatayotgani bagʻrikenglik siyosatiga nechogʻli amal qilinayotganligiga misol boʻla oladi.

Qolaversa, 130 dan ortiq millat va elat vakillari oʻrtasida diniy bagʻrikenglik va millatlararo doʻstlik tobora mustahkamlanib bormoqda.

Respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlanmoqda, va ularning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Oʻzbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy gʻoyalarni barcha yurtdoshlarimiz bilan hamkor va hamjihat boʻlib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Zero, necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, olijanoblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridandir. Istiqlol bizga ana shu ezgu anʼanalarni izchil davom ettirish va avloddan avlodga yanada mukammal boʻlib oʻtishini taʼminlash imkonini beradi. Zero, Oʻzbekistonning boyliklari koʻp, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak qadriyatimiz – jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikdi.

Usmonov Asadbek, «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom bilim yurti talabasi

What you can read next

Янги қонун – диний бағрикенглик ва миллатлараро тотувликнинг ҳуқуқий асосидир
Янги қонун – ғоявий таҳдидлардан ҳимоя
Эшон Бобохон ибн Абдулмажидхон (1858-1957)
Эшон Бобохон ибн Абдулмажидхон (1858-1957)
“Билмайман” дея олиш ҳам илмдир (давоми)
“Билмайман” дея олиш ҳам илмдир (давоми)

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP