



Bugun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yil toʻlgani munosabati bilan talabalar oʻrtasida insholar tanlovi oʻtkazildi.
Tadbir taʼlim muassasasining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida tashkil etildi.
Ishtirokchilar quyidagi mavzularda oʻz fikr-mulohazalarini qogʻozga tushirdilar:
«Mustaqilligimiz tarixi»
«Tinchlik va barqarorlik – taraqqiyot garovi»
«Islom – tinchlik dini»
«Maʼnaviyat va taraqqiyot»
«Mustaqil Oʻzbekiston – mening gʻururim»
«Oʻzbek tili – millatning ruhi va gʻururi»
Talabalar insholarida mustaqillik yillarida qoʻlga kiritilgan yutuqlar, yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikning qadri, muqaddas dinimizning ezgulik va bagʻrikenglikka chorlovchi mohiyati hamda ona tilimizning millat maʼnaviyatidagi beqiyos oʻrni haqida chuqur mushohada yuritdilar.
Tanlov yakunlariga koʻra gʻolib deb topilgan talabalar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
🇺🇿 Bunday tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash va ona tiliga hurmat tuygʻularini yuksaltirish, ularni Yangi Oʻzbekistonning ilmli, maʼnaviy yetuk va fidoyi farzandlari etib tarbiyalashga xizmat qiladi.
«Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi
Axborot-resurs markazi






