SIGN IN YOUR ACCOUNT TO HAVE ACCESS TO DIFFERENT FEATURES

FORGOT YOUR PASSWORD?

FORGOT YOUR DETAILS?

AAH, WAIT, I REMEMBER NOW!
KUKALDOSH.UZ
  • LOGIN

KUKALDOSH.UZ

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
    • Madrasa tarixi
    • Rahbariyat
    • Yotoqxona
    • Axborot-resurs markazi
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
    • Qurʼon ilmlari
    • Aqida
    • Fiqh
    • Tafsir
    • Hadis
    • Arab tili
    • Yurtimiz allomalari
    • Islom tarixi
    • Raddiyalar
    • Axloq va tarbiya
    • Bagʼrikenglik va jamiyat
    • Elektron kitoblar
  • Taʼlim
    • 4 yillik öquv dasturi
    • Ilm talab qilish odoblari
  • Kurslar
    • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
    • Tayyorlov kursi
  • Qabul
    • Qabul tartibi
    • Kiriş imtihonlari 2027-2028
    • Ötiş ballari
    • Topşirganlar soni
    • Imtihon duolari
  • Boğlaniş
13.09.2026 / Bo‘limda Axloq va tarbiya, Maqolalar

Alloh taoloning adolati, fazli va qudrati (4-qism) Allohning buyuk fazli va ixlos

5. Buyuk fazl: Bu hadisi sharifda Alloh taoloning oʻz maxluqotlariga boʻlgan buyuk fazli bayon qilinmoqda. Imom Muslimning boshqa bir rivoyatida “Agar shuni qasd qilib, soʻngra unga amal qilsa, Alloh uni birgina yomonlik qilib yozadi” jumlasidan keyin “…yoki Alloh taolo uni oʻchirib tashlaydi, faqat halok boʻluvchi (oʻzini oʻzi halokatga mahkum qilgan) kimsagina halok boʻladi”, degan ziyoda jumla bor. Bu narsa Alloh taoloning buyuk fazliga dalolat qiladi. Shunday ekan, oʻz qoʻllari bilan oʻzini halokatga otgan, haddan oshgan, gunohlarga jurʼat qilib, yaxshiliklardan yuz oʻgirgan kishidan boshqa hech kim Allohning bu fazli qarshisida halok boʻlmaydi. Shuning uchun Ibn Masʼud roziyallohu anhu: “Birliklari (bir barobar yoziladigan gunohlari) oʻnliklaridan (oʻn barobar koʻpaytirib yoziladigan savoblaridan) gʻolib kelgan kimsaga voy boʻlsin!” deganlar.

6. Roʻzaning fazilati: Roʻza oʻzidan boshqa ibodatlardan ajralib turadi. Zero, uning savobi qanchaga ziyoda qilinishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Bu haqida hadisi sharifda shunday deyilgan:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، قَالَ: كُلُّ عَمَلِ ابْنِ آدَمَ لَهُ إِلَّا الصَّوْمَ، فَإِنَّهُ لِي وَأَنَا أَجْزِي بِهِ، وَلَخُلُوفُ فَمِ الصَّائِمِ أَطْيَبُ عِنْدَ اللَّهِ مِنْ رِيحِ الْمِسْكِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: (Alloh taolo dedi:) “Odam bolasining hamma amali oʻzi uchun, faqat roʻza mustasno, chunki, u Men uchundir va uning mukofotini Oʻzim beraman. Roʻzadorning ogʻzining hidi Allohning nazdida mushkning hididan xushboʻyroqdir”. Buxoriy rivoyat qilgan[1].
Alloh taolo Qurʼoni Karimda shunday degan:

إِنَّمَا يُوَفَّى الصَّابِرُونَ أَجْرَهُمْ بِغَيْرِ حِسَابٍ

“Albatta, sabr qiluvchilarga (oxiratda) mukofotlari behisob berilur.” (Zumar surasi, 10-oyat)
Bu oʻrinda roʻzaning fazilati deb zikr qilinishiga sabab, hadisda Alloh taolo amallarni ziyoda qilib berishi haqida aytilganiga misol tarzda keltirildi.

7. Allohning rahmati va magʻfirati keng ekanligi. Alloh taoloning moʼmin bandalariga boʻlgan rahmati va magʻfirati keng, inʼomi cheksizdir. Buning uchun Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin.

8. Insonning koʻnglida oʻtgan narslar uchun gunoh yozilmasligi. Alloh taolo koʻngilda oʻtgan, xayolda oʻylangan gunoh ishlar uchun, toki u amal va ijro bilan tasdiqlanmagunicha, bandani javobgar qilmaydi.

9. Ezgu ishlar qilishni niyat qilib yurish. Musulmon kishi doimo ezgu ishlar qilishni niyat qilib yurishi lozim, shoyad unga buning ajri va savobi yozilsa. Fursati topilishi bilan shu ishni amalga oshirish uchun nafsini tarbiyalab, oʻrgatib boradi.

10. Amallarda ixlosli boʻlish. Musulmon kishi toat-ibodat qilishda va gunohlarni tark etishda ixlosli boʻlishi lozim. Zero, ixlos savobga erishishning asosidir. Ixlos qanchalik buyuk boʻlsa, ajr ham shunchalik koʻpayadi va savob ziyoda boʻladi.

✒️ Shokirjon MADAMINOV “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi mudarrisi


[1] Sahihul Buxoriy, 5927-hadis.

Tagged under: maqola

What you can read next

Zahar
Sariq sigir
МУСИБАТГА САБР ҚИЛИШ МЎЪМИНЛИК БЕЛГИСИ
Мусибатга сабр қилиш мўъминлик белгиси (давоми)
Zulmatdan nurgacha (11-qism) Safo tepaligidagi nido

СЎНГИ МАҚОЛАЛАР

  • Mustaqillik — uluğ ne’mat

  • Kitoblar bilan muomala qiliş odoblari va ularni qölga kiritişga tarğib

  • ILM AMAL BILAN KAMOLGA YETADI

  • Ustoz va şogirdga umumiy bölgan odoblar

  • Kökaldoş madrasasida Xalqaro bağrikenglik kuniga bağışlangan “Zakovat” intellektual öyini taşkil etildi

ҚИДИРУВ ХИЗМАТИ

БЎЛИМЛАР

  • Bosh sahifa
  • Madrasa
  • Yangiliklar
  • Maqolalar
  • Taʼlim
  • Kurslar
  • Qabul
  • Boğlaniş

Тезкор ҳаволалар

  • Qabul tartibi
  • Kiriş imtihonlari 2027-2028
  • Ötiş ballari
  • Topşirganlar soni
  • Qurʼoni Karim va tajvid kursi
  • Tayyorlov kursi
  • 4 yillik öquv dasturi
  • Imtihon duolari

АЛОҚА

Тошкент 100208, Чилонзор тумани, Гулистон кўчаси, 37/1

+998 94 988 23 43

info@kukaldosh.uz

ХАРИТА

KökaldoşKökaldoş

Yandex xarita →Google xarita →

© 2018 - 2026. kukaldosh.uz | Ўзбекистон Мусулмонлари идораси "Кўкалдош" ўрта махсус ислом билим юрти.
Барча хуқуқлар химояланган. Сайтдан маълумот олинганда манба кўрсатилиши шарт.
АОКА интернет-ОАВ гувоҳномаси рақами: 1221

TOP