Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi «Koʻkaldosh» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida koʻp yillar halol va fidokorona mehnat qilgan xodimamiz Ahmadjonova Nilufar Habibullaevnaning 50 yoshlik yubileyi munosabati bilan taʼlim muassasasi hamda kasaba uyushmasi tomonidan tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda taʼlim muassasasi mudiri M. Erkayev, oʻquv ishlari boʻyicha mudir oʻrinbosari N. Djalolov va manaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari, taʼlim muassasasi kasaba uyushmasi raisi A.Gʻaniyev ishtirok etishdi. Muassasa mudiri M. Erkayev muhtarama opamizni shaxsan oʻzi tabriknoma bilan taqdirladi. Esdalik sovgʻalari bilan ham mukofotlandi.


Nilufar opa har kuni tong sahardan ilm dargohiga kelib, uning ozoda, shinam va pokiza boʻlishiga yillarida sabr, ixlos va sadoqat bilan oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Bunday kamtarin, ammo qadri baland mehnat barchamiz uchun ibrat namunasidir.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Pokizalik iymondandir», deb marhamat qilganlar. Ilm va marifat maskanining taʼminlash — talabalar ustozlarning tinch, toza va barakali ilm olishiga munosib hissa qoʻshadigan ezgu ishdir. Ana beminnat xizmat har qanday eʼtirof va ehtiromga loyiqdir.
Bilim yurtimiz oʻz yordamga gʻamxoʻrlik qilishni muhim burch deb biladi. Zero, ilm dargohiga qilingan har bir xizmat — Allohning roziligi yoʻlidagi savobli amaldir. Kim ilm ahliga va ilm maskaniga xizmat qilsa, oʻsha ilmdan taralayotgan ezgulikning ajridan bahramand boʻlishi umid qilamiz.
Muhtarama opamizga mustahkam sogʻlik-salomatlik, uzoq umr, oila baxti va ishlarida baraka tilaymiz. Alloh taolo halol mehnatlarini ajru mukofotsiz qoldirmasin, qilgan ezgu ishlari va mehnatlarining rohatini koʻrish uzoq yillar davomida nasib etsin!



«Koʻkaldosh» oʻrta maxsurs islom taʼlim muassasasi
matbuot xizmati






